Qo‘lning erkin qismi mushaklari Qo‘lning erkin qismi mushaklariga yelka, bilak va qo‘l kaf-
ti mu shaklari kiradi. Yelka mushaklari oldingi (bukuvchi) va orqa
(yozuv chi) mushaklarga bo‘linadi. Ular o‘zaro yelkaning xususiy
fassiyasi qatlamlaridan hosil bo‘lgan yelka mushaklari o‘rtasidagi
medial va lateral devorlar vositasida ajrab turadi. Yelkaning oldin-
gi guruh mu shaklari uchta: yelkaning ikki boshli mu shagi, tum-
shuqsimon-yelka mushagi va yelka mushagidan iborat (93-rasm).
1.
Yelkaning ikki boshli mushagi (m. biceps brachii)ning ik-
ki: uzun va kalta boshchasi bor. Uzun boshchasi kurak suyagining
bo‘g‘im chuqurchasi ustidagi do‘mboqchadan boshlanadi. Uning
payi yelka bo‘g‘imi xaltasi ichida do‘mboqchalararo egatda yota-
di. Kalta boshchasi
kurakning tumshuqsimon o‘simtasidan bosh-
lanadi.
Yelkaning o‘rta qismida mushakning ikkala bosh chasi o‘zaro
birikib duk shaklidagi umumiy qorinchani hosil qiladi. Mushak
payi bilak suyagidagi g‘adir-budir do‘nglikka birikadi. Faoliyati:
yelkani yelka bo‘g‘imida bukadi. Bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi
va tashqariga buradi.
2.
Tumshuqsimon-yelka mushagi (m. coraco bra chialis)
tum-
shuqsimon o‘simtaning uchidan boshlanadi. Uning yassi payi yel-
ka suyagining medial yuzasiga, kichik do‘mboqcha qirrasi
dan
past roqqa birikadi. Faoliyati: yelkani yelka bo‘ g‘imida bukadi va
tanaga yaqinlashtiradi.
3.
Yelka mushagi yelkaning ikki boshli musha-
gi ostida yotadi. Yelka suyagining pastki uchdan
ikki qismidan, deltasimon g‘adir-budirlik va tir-
sak bo‘g‘imi xaltasi oralig‘idan boshlanib, tir-
sak suyagining g‘adir-budir do‘ngligiga birikadi.
Fao liyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi.
93-rasm. Yelka kamari va yelka mushaklari.