182
shakni qoplab, mushak tolalari orasiga o‘simtalar beradi. Bu fas-
siya lateral tomondan yelka fassiyasiga, old tomondan ko‘krak
fassiyasiga davom etadi. Orqa tomonda u qalinlashib o‘tkir qirra
osti fassiyasiga birikib ketadi. O‘tkir qirra usti va o‘tkir qirra os-
ti fassiyalari o‘z nomidagi chuqurchalar chekkasiga birikib, qirra
osti fassiyasi kurakning qirra osti
va kichik yumaloq mushakni,
qirra usti fassiyasi esa o‘z nomidagi mushakni o‘rab yotadi.
Yelka fassiyasi
yelka mushaklarini o‘rab, yelka suyagining
medial va lateral chekkalariga birikub, yelka mushaklari o‘rtasi-
dagi medial va lateral devorlarni hosil qiladi.
Bilak fassiyasi
yelka fassiyasining davomi bo‘lib unga nisba-
tan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. U bilak mushak larini g‘ilof shakli-
da o‘rab mushaklar o‘rtasidagi devorlar hosil qiladi.
Yuqorida
bu fassiya yuzaki mushaklar payi tolalari hisobiga qalinlashadi.
Kaft usti sohasida bilak fassiyasi qalinlashib, ko‘ndalang yo‘nal-
gan mu shaklarni ushlab turuvchi bog‘ichlarni hosil qiladi.
Bilakning old tomonida joylashgan bukuvchi mushaklarni
ush lab turuvchi bog‘ich kaft egati ustidan o‘tib, medial tomon-
da no‘xatsimon va ilmoqli suyaklarga, lateral tomonda qayiqsi-
mon va trapetsiyasimon suyaklarga birikadi. Uning ostida hosil
bo‘lgan kaft usti kanalida ikkita pay qini:
barmoqlarni bukuvchi
yuzaki va chuqur mushaklarning umumiy pay qini va bosh bar-
moqni bukuvchi uzun mushak payi qini yotadi. Bukuvchi mu-
shaklarni ushlab turuv chi bog‘ichning fibroz tolalari bilak va tir-
sak suyaklari tomonda shu suyaklar nomi bilan ataladigan fibroz
kanallar hosil qiladi. Tirsak tomondagi kanaldan tirsak nervi va
uning yonida yotgan tirsak arteriyasi va venasi o‘tadi. Bilak to-
mondagi kanaldan kaftni bilak tomonga
bukuvchi mushak payi
va uning pay qini o‘tadi.
Bilakning orqa tomonida hosil bo‘lgan yozuvchi mushaklar-
ni ush lab turuvchi bog‘ich bilak suyagining distal qismini oldin-
gi qirrasi bilan tirsak suyagining bigizsimon o‘siqchasi o‘rtasi-
da tortilgan bo‘lib, uning ostidagi bo‘shliqni fibroz tolalar ol-
tita suyak-fibroz kanalga ajratadi. Ulardan sinovial qinlar bilan
o‘ralgan kaft va barmoq larni yozuvchi mu shaklar payi o‘tadi.
Sinovial qin ichidagi sinovial suyuqlik harakat vaqtida paylarni
ish qalanishdan va qizib ketishdan saqlaydi.
Qo‘l kaftining oldingi yuzasida fassiya ancha qalinlashgan
bo‘lib, uch
burchak shaklidagi kaft aponevrozini hosil qiladi.
183
Uning uchi bukuv chi mushaklarni ushlab turuvchi bog‘ichga, aso-
si esa barmoq larga qaragan bo‘ladi.
U uchta guruh mushaklarni
va ularning orasida joylashgan barmoqlarni bukuvchi mushaklar
paylarini, shuning
dek, chuvalchangsimon mushaklarga alohida
fassiyal sohalar hosil qiladi. Kaftning orqa yuzasi fassiyasi ikki:
yuza va chuqur qatlamdan iborat. Yuza qatlam yaxshi bilinmay-
di. Chuqur qatlam yaxshi rivoj langan bo‘lib, dorsal suyaklararo
mushaklarni yopib turadi.
Barmoqlarda aponevroz qatlamlar falangalar suyak pardasi-
ga birikadi va kaft tomonda barmoqlarning
suyak-fibroz kanal-
larini hosil qiladi. Bu kanallarda sinovial qinlar bilan o‘ralgan
barmoqlarni bukuvchi mushaklar paylari o‘tadi. I–IV barmoq-
larning pay qinlari alohida-alohida bo‘lib, kaft usti sohasiga-
cha boradi. V barmoqning pay qini barmoqlarni bukuvchi mu-
shaklarning umumiy pay qiniga qo‘shilib ketadi. Shuning uchun
analizga qon olgan vaqtda jimjiloq qa nina sanchish mumkin
emas, chunki infeksiya qo‘l kaftiga tarqalishi mumkin. Shu sa-
babli jimjiloqda bo‘ladigan yiringli jarayonlar ham xavflidir.
Dostları ilə paylaş: