98-rasm. Chanoq va son mushaklari. Old tomondan ko‘rinishi: 1–belning katta mushagi; 2–chov boylami; 3–noksimon
mu shak; 4–tomirlar sohasi botig‘i; 5–taroqsimon
mu shak; 6–sonni yaqinlashtiruvchi uzun mushak;
7–nozik mu shak; 8–medial serbar mushak; 9–tizza
qopqog‘ining boylami; 10–sonning to‘g‘ri mu shagining payi;
11–yonbosh-katta boldir pay yo‘li; 12–lateral serbar
mushak; 13–keng fassiyani taranglovchi mushak;
14–tikuvchilar mushagi; 15–yonbosh mushagi.
Yonbosh mushagi (m. iliacus)
yassi bo‘lib yonbosh
chuqurchasida yotadi. Yonbosh chuqurchasini yuqorigi uchdan ik-
ki qismi, yonbosh qirrasining ichki labi, oldingi dumg‘aza-yonbosh
boylamidan boshlanib, katta bel mushagi bilan qo‘shiladi. Yon-
bosh-bel mushagi chov boylami orqasidan mu shaklar sohasi bo-
tig‘i
orqali son sohasiga chiqadi va son suyagining kichik ko‘sti-
ga birikadi.
Faoliyati: sonni chanoq-son bo‘g‘imida bukadi, agar oyoq qi-
mirlamay tursa, umurtqa pog‘onasini oldinga bukadi.
2.
Kichik bel mushagi (m. psoas minor) XII ko‘krak va I bel
umurt qalarining yon yuzasidan, umurtqalararo diskdan boshlana-
di. U katta bel mushagining oldingi yuzasida joylashadi va uzun
pay vositasida yonbosh fassiyasiga birikadi.
Faoliyati: yonbosh fassiyasini taranglaydi.
Chanoqning tashqi yuzasidagi mushaklarga (99-rasm) katta,
o‘rta va kichik dumba mushaklari, shuningdek, noksimon, ichki
va tashqi yopqich, ustki va pastki egizak mushaklar kiradi.
99-rasm. O‘ng chanoqning tashqi guruh mushaklari. Orqa tomondan ko‘rinishi: 1–o‘rta dumba mushagi (kesilgan) 2–kichik
dumba mushagi; 3–noksimon osti teshigi;
4–ustki egizak mushagi; 5–pastki egizak
mushagi; 6–sonning kvadrat mushagi;
7–tashqi yopqich mushagi; 8–ichki yopqich
mushagi; 9–dumg‘aza-o‘tkir qirrali o‘simta
boylami; 10–noksimon mushak;
11–noksimon usti teshigi.