Tizza osti mushagi (m. popliteus)
taqim osti chuqurchasi-
ning tubida yotadi. Qalin pay bilan son suyagi lateral do‘nligining
tashqi yuzasidan boshlanadi va katta boldir suyagining orqa yuza-
siga kambalasimon mushak chizig‘i ustiga birikadi.
Faoliyati: tizzani bukadi va ichkariga buradi. Tizza bo‘g‘imi
xaltasini taranglaydi.
4.
Barmoqlarni bukuvchi uzun mushak (m. flexor digitorum
longus)
katta boldir suyagi orqa yuzasining kambalasimon mu-
shak chizig‘i dan pastroqdan, boldir fassiyasi va boldirning orqa
suyaklararo to‘sig‘idan boshlanadi. Uning payi pastga yo‘nalib,
medial to‘piqning orqasidan, so‘ngra oshiq suyagining tayanchi
ostidan o‘tib to‘rtta payga bo‘linadi va II–V barmoqlarning distal
falangalariga birikadi.
Faoliyati: II–V barmoqlarning distal falangalarini bukadi,
shu ning dek, oyoq panjasini bukib tashqariga buradi.
5.
Oyoqning bosh barmog‘ini bukuvchi uzun mushak (m. flexor
hallucis longus)
kichik boldir suyagi tanasining pastki uchdan ik-
ki qismidan, suyaklararo pardadan boshlanadi. Uning payi medial
to‘piq orqasidan, oshiq suyak orqa o‘simtasi va oshiq suyagining
tayanchi ostidagi egatdan o‘tib, bosh barmoqning distal falangasi-
ga birikadi. Faoliyati: oyoq panjasi bosh barmog‘ini bukadi, oyoq
panjasini bukishda va yaqinlashtirishda, oyoq gumbazini mustah-
kamlashda ishtirok etadi.
6.
Orqadagi katta boldir mushagi (m. tibialis posterior)
boldir-
ning orqa yuzasida chuqur yotadi. Kichik boldir suyagi tanasining
orqa yuzasidan, katta boldir suyagi tashqi do‘ngligining past ki yuza-
si, tanasining yuqorigi uchdan ikki qismi va suyaklararo pardadan
bosh lanadi. Uning kuchli payi medial to‘piqning orqasidan oyoq
kafti ostiga o‘tadi va qayiqsimon suyak g‘adir-budurligiga, uchta
ponasimon suyaklar, shuningdek, IV kaft suyagi asosiga birikadi.
Faoliyati: oyoq panjasini bukadi, ichki chekkasini ko‘taradi,
yaqin lashtiradi va supinatsiya qiladi.
Boldir mushaklarining lateral guruhiga uzun va kalta-kichik
boldir mushaklari kiradi.