Oyoq panjasi fassiyalari. Oyoq panjasining ustki fassiyasi
yaxshi rivojlanmagan. Uning yuza va chuqur qatlamlari orasida
barmoqlarni yozuvchi uzun va qisqa mushaklar payi, qon tomir-
lar va nervlar yota di. Bu fassiyaning chuqur qatlami suyaklararo
mushaklarni qop lab kaft suyaklari suyak pardasiga yopishib keta-
di. Oyoq kafti osti aponevrozi qalin fib roz plastinka shaklida bar-
moqlarga yetib borib ularning fibroz qinlariga birikadi.
Oyoq topografiyasi. Oyoq mushaklari, fassiyalari va suyakla-
ri o‘rtasida turli teshik, chuqur, kanal va egatlar bo‘lib, ularda
qon va lim fa tomirlar, nervlar yotadi. Katta quymich teshigidan
o‘tgan noksi mon mu shak uni ikki: noksimon usti
va noksimon
osti teshiklarga
ajratadi. Bu teshiklar orqali chanoq bo‘shlig‘idan
oyoqning erkin qismiga boruvchi qon tomir va nervlar o‘tadi.
Chov boylami bilan yonbosh suyagi o‘rtasidagi soha yon-
bosh-qirra
yoyi vositasida ikki: lateral joylashgan mushaklar so-
hasi botig‘i lakuna va medial joylashgan tomirlar sohasi botig‘iga
ajraladi.
Mushaklar sohasi botig‘i
oldindan va yuqoridan chov boy-
lami, orqadan yonbosh suyagi, medial tomondan yonbosh-qir-
ra
yoyi bilan chegaralangan. Undan yonbosh-bel mushagi va son
nervi o‘tadi.
Tomirlar sohasi botig‘i
old tomondan chov boylami, orqa va
past tomondan ta roqsimon boylam, lateral tomondan yonbosh-ta-
roqsimon ravoq, medial tomondan lakunar boylam
bilan chega-
ralangan. U orqali son arteriyasi, venasi va limfa tomirlar o‘tadi.
Sonning oldingi yuzasida chov boylamidan pastda son uchburcha-
gi joylashgan. Uni yuqori tomondan chov boylami, lateral tomon-
dan tikuvchilar mushagi, medial tomondan esa sonni yaqinlash-
tiruvchi uzun mushak chegaralaydi. Son uchburchagining uchi-
dan yaqinlashtiruvchi (son-taqim osti yoki gunter) kanali
boshla-
nadi. Bu kanal sonning oldingi yuzasini taqim osti chuqurchasi-