194
tomonda 14 ta mushak bor. Medial guruh-
ni uchta: oyoq bosh barmog‘ini uzoqlash-
tiruvchi mushak, oyoq bosh barmog‘ini
yaqin lashtiruvchi mushak, oyoq bosh bar-
moqni bukuvchi kalta mushaklar hosil qi-
ladi. Bu mushaklar bosh barmog‘ini uzoq-
lashtiradi, bukadi va boshqa barmoqlar-
ga
yaqin
lashtiradi. Lateral guruhga ikkita
mu shak: jimjiloq barmoq ni uzoq lashtiruvchi mushak, beshinchi
barmoq ni bukuv chi kalta mushaklar kirib, ular jimjiloqni uzoqlash-
tiradi va bukadi.
O‘rta guruh barmoqlarni bukishda ishtirok etuvchi mushaklar:
barmoqlarni
bukuvchi kalta mushak, oyoq kaftining kvadrat mu-
shagi, to‘rta chuvalchangsimon mushaklar hamda yettita oyoq
panja suyaklari orasidagi mushaklardan iborat. Uchta oyoq pan-
jasi suyak lari orasidagi kaft mushaklari III–V barmoqlarni II bar-
moqqa yaqinlashtirsa, to‘rtta oyoq panja
suyaklari orasidagi ust-
ki mushaklardan birinchisi II barmoqni medial tomonga, qolgan
uchtasi esa II–IV barmoqlarni lateral tomonga tortadi.
Dostları ilə paylaş: