188
shak ko‘stlararo chiziqning past ki yarmi, son suyagi g‘adir-budur
chizig‘ining medial labi va son mushaklariaro medial devordan
boshlanadi. O‘rta serbar mushak
son
suyagining oldingi va late-
ral yuzasini yuqo rigi uchdan ikki qismi, son suyagi g‘adir-budir
chizig‘i lateral labining pastki qismi va son mu shaklariaro lateral
devordan boshlanadi. Sonning distal uchdan birida mushakning
to‘rtta boshchasi umumiy payni hosil
qilib katta boldir suyagini
g‘adir-buduriga birikadi.
Faoliyati: tizza bo‘g‘imida boldirni yozadi. Sonning to‘g‘ri mu-
shagi chanoq-son bo‘g‘imida sonni bukadi.
l.
Tikuvchilar mushagi
(m. sartorius) yonbosh suyagining ol-
dingi ustki o‘simtasidan boshlanadi (98-rasm). Bu mushak son-
ning oldingi yuzasida yuqoridan pastga va medial tomonga yo‘na-
lib, katta boldir suyagining g‘adir-buduriga birikadi.
Faoliyati: sonni va boldirni bukadi,
sonni tashqariga burish
va uzoqlashtirishda ish tirok etadi.
Sonning orqa guruh mushaklarini
sonning ikki boshli, yarim
payli va yarim pardali mushaklar tashkil qiladi.
1.
Sonning ikki boshli mushagi
(m. biceps femoris) lateral
joylashib, uzun va kalta boshchasi tafovut qilinadi. Uning uzun
bosh chasi quymich do‘ngligining yuqori medial yuzasi va dum-
g‘aza-quymich do‘mbog‘i boylamidan,
kalta boshchasi
son suya-
gi g‘adir-bu dir chizig‘ining lateral labi, son mushaklariaro late-
ral devordan bosh lanadi. Sonning pastki uchdan bir sohasida mu-
shakning ikkala bosh chasi o‘zaro birikib,
umumiy payni hosil qi-
ladi va kichik boldir suyagining boshi hamda katta boldir suyagi
lateral do‘ngining tashqi yuza siga birikadi.
Faoliyati: sonni yozadi, boldirni tizza bog‘imida bukadi va tash-
qariga buradi.
2.
Dostları ilə paylaş: