Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 Katta dumba mushagi
(m. gluteus maximus)
 
odamning tik 
holat da yurishi munosabati bilan kuchli rivojlangan mushakdir. 
U yonbosh suyagining tashqi yuzasi, dumg‘aza va dum suyakla-
rining orqa yuzasi va dumg‘aza-quymich do‘mbog‘i boylamidan 
boshlanadi.
Mushak tolalari pastga va lateral tomonga qiyshiq yo‘nalib, 
son suyagining dumba g‘adir-budurligiga birikadi. Faoliyati: son-
ni chanoq-son bo‘g‘imida yozadi va tashqariga buradi. Oyoqlar qi-
mirlamay tursa, engashgan tanani orqaga tortib to‘g‘rilaydi.
2.
 O‘rta va kichik dumba mushaklari
(m. gluteus medius et 
minimus)
 
ustma-ust joylashadi. Yonbosh suya gining tashqi yuza-
sidan bosh lanadi va son suyagi katta ko‘sti sohasiga birikadi.
Fao liyati: sonni uzoq lashtiradi va qisman ichkariga buradi. Oyo-
qlar qimirlamay turganida chanoqni va tanani tik holatda tutadi.
3. 
Keng fassiyani taranglovchi mushak 
(m. tensor fasciae la-
tae)
 
yonbosh suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘idan va yon-
bosh qirrasining unga yaqin qismidan boshlanadi. Sonning yuqo-
ri va o‘rta uchdan bir qismi oralig‘ida keng fassiyaning yonbosh-
boldir traktiga o‘tib katta boldir suyagining tashqi do‘ngiga birika-
di. Faoliyati: yonbosh-boldir traktini taranglaydi, sonni bukadi.
4. 
Noksimon mushak
(m. piriformis)
 
dumg‘aza suyagining 
chanoq yuzasidan dumg‘aza chanoq teshiklarining lateral tomo-
nidan boshlanadi. U katta quymich teshigidan o‘tib, son suyagi 
katta ko‘sti uchining medial yuzasiga birikadi. Bu mushak katta 
quymich teshigini butunlay to‘ldirmaydi. Uning ustki va pastki to-
monlarida qon tomir va nervlar o‘tishi uchun teshiklar qoladi.
Faoliyati: sonni tashqariga buradi va uzoqlashtiradi.
5. 
Ichki yopqich mushagi
(m. obturatorius internus)
 
yopqich 
te shikning chekkasidan va yopqich pardaning ichki yuzasidan, 
quymich suyagining chanoq yuzasidan boshlanadi. U kichik cha-
noq bo‘sh lig‘idan kichik quymich teshigi orqali chiqib, son suya-
gi katta ko‘sti chuqurchasiga birikadi. Bu mushak bilan birga ki-
chik quymich teshigi orqali ustki va pastki egizak mushaklar ham 
o‘tadi.
6.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin