Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
46
2022
ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISHDA «RAQAMLI
EGIZAK» TEXNOLOGIYASINING O‘RNI
Jurayev Aburayxon Xoliqulovich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
instituti
Annotatsiya: Maqolada ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlarini
kompleks avtomatlashtirish va raqamlashtirish uchun “raqamli egizak – digital
twin” deb nomlangan texnologiyani keng joriy etilayotganligi va bu texnologiyaning
afzalliklar yoritilgan. Shuningdek, Respublikamizda raqamli transformatsiyaga
o‘tish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari bosqichma-bosqich
amalga oshirilayotganligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: “raqamli egizak”, digital twin”, modellashtirish, raqamlashtirish,
avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiya, virtual
qurilmalar, simulyatsiya.
THE ROLE OF DIGITAL TWIN TECHNOLOGY IN MANUFACTURING
AUTOMATION
Jurayev Aburayxon Xoliqulovich
Karshi engineering and
economics institute
Abstract: The article describes the widespread introduction of a technology called
"digital twin - digital twin" for complex automation and digitization of production
process control systems, and the advantages of this technology. It was also noted
that the transition to digital transformation and widespread introduction of digital
technologies in the country is being carried out gradually.
Key words: "digital twin", "digital twin", modeling, digitization, automation, digital
technology, digital transformation, virtual devices, simulation.
Jahonda so‘nggi vaqtlarda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish
tizimlarini kompleks avtomatlashtirish va raqamlashtirish uchun usul va
algoritmlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada,
turli texnologik profildagi ishlab chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lgan kompleksli
ishlab chiqarish obyektining bir butun sifatida ishlaydigan tizimlarini ishlab chiqish
va zamonaviy integrallashgan axborot-boshqarish tizimlari
asosida kompleksli
ishlab chiqarish obyektining ish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jahonda ishlab chiqarish obyektining tashkiliy va texnologik
infratuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilmoqda.
So‘nggi yillarda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan alohida qiziqish
uyg‘otadigan eng qiziqarli texnologiyalardan biri bu “raqamli egizak – digital twin”
deb nomlangan texnologiyadir
.
“Raqamli egizak” - bu modellashtirish va ishlab chiqarishni rejalashtirish va
avtomatlashtirishda yangi so‘z - virtual qurilmalar
va simulyatsiya modellari