Anatomiya 2014. indd


bor. Tanglay chodirini yon chek- kalaridan ikkita ravoq: oldingi tang lay-til ravog‘i



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
bor. Tanglay chodirini yon chek-
kalaridan ikkita ravoq: oldingi tang lay-til ravog‘i
 
til ildiziga qarab 
yo‘nalsa, orqadagi tanglay-yut qin ravog‘i
 
pastga, yutqinning yon 
devoriga yo‘naladi. Oldingi va orqa ravoq lar o‘rta sida uchbur-
chak shaklidagi murtak chuqurchasi
 
bo‘lib, unda tang lay murta-
gi
 
joylash gan. Yum shoq tanglay va uning ravoqlari tarkibiga (104-
rasm) quyidagi ko‘ndalang targ‘il mu shaklar: tang lay-til, tanglay-
halqum, tilcha mu shagi, tang lay chodirini ko‘taruvchi mushak va 
tanglay cho dirini taranglovchi mushak kiradi.
Tomoq teshigi yuqoridan yumshoq tanglay, yon tomondan 
tang lay ravoqlari, pastdan esa til ildizi bilan chegaralangan.
Til 
(lingua)
 
mushakdan tuzilgan a’zo (105-rasm) bo‘lib, og‘iz 
bo‘sh lig‘ini to‘ldirib turadi. U og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni aralash-
tirish, yutish va so‘z bo‘g‘inlarini hosil qilishda ishtirok etadi. 
Tilning oldingi toraygan uchi,
 
orqa kengaygan ildizi va ularning 
o‘rtasida joylash gan tanasi tafovut qilinadi. Tilning ustki yuzasi 
yoki tilning orqa sohasi ko‘tarilgan bo‘lib, yuqoriga va orqaga qa-
ragan bo‘ladi. U uchidan chegaralovchi egat-
gacha bo‘lgan oldingi qismi va
 
egat orqasidagi 
orqa qismiga bo‘linadi. Tilning ostki yuzasi
 
fa-
qat old qismida erkin. Tilning o‘ng va chap to-
monlarida til chekkalari
 
bor. Til ustining o‘rta-
104-rasm. Yumshoq tanglay mushaklari:
1–tanglay chodirini taranglovchi mushak; 2–tang lay
chodirini ko‘taruvchi mushak; 3–qanotsimon o‘siq
ilmoqchasi; 4–tanglay-til mushagi; 5–tilcha mushagi;
6–tanglay-halqum mushagi.


205
sida, uning ikki yon bo‘laklari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, til-
ning o‘rta egati bo‘lib, u tilning tanasi va ildizi o‘rtasida joylash-
gan tilning ko‘r teshigida tugaydi. 
Ko‘r teshikning oldidan tilning yon chekkasiga qarab uncha 
chuqur bo‘lmagan til tanasini ildizidan ajratib turuvchi che-
garalovchi egat
 
o‘tadi. Til ustki, yon va qisman pastki tomon-
dan shilliq parda bilan qop langan. Tilning shilliq pardasi och 
pushti rang da bo‘lib, til usti, uchi va chekkalarida ko‘p sonli 
so‘rg‘ichlar bilan qoplangani uchun duxobaga o‘xshagan ko‘ri-
nish beradi. Til so‘rg‘ichlari turli shaklga va kattalikka ega bo‘lib, 
ta’m bilish yoki umumiy sezgini o‘tkazib beradi. Tilda quyida-
gi so‘rg‘ichlar tafovut qilinadi. Ipsimon va konussimon shakl-
dagi so‘rg‘ichlar

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin