354
1. Oyoq va tananing pastki venalarida joylashgan vena kla-
panlari qonni yurakka qarab o‘tkazib, uni orqaga qarab oqishiga
to‘sqinlik qiladi.
2. Nafas olish jarayonida ko‘krak qafasida hosil bo‘lgan man-
fiy bosim, yirik venalarga qon oqishini ta’minlaydi.
3. Periferik venalarda qon oqishida skelet mushaklarining qis-
qarishi katta ahamiyatga ega. Mushaklar qisqarganida venalarni
siqadi va ulardagi qonni markazga qarab yo‘naltiradi. Bo‘shash-
gan davrda esa vena devorlari kengayib qonni mayda venalardan
so‘radi. Shuning uchun harakat vena oqimini yaxshilaydi, uzoq
vaqt harakatsiz turib qolganda esa venalarda qon to‘planib, ular
kengayib qoladi.
4. Qo‘l va oyoq bo‘g‘imlarining bukilgan sohalarida fassiya-
lar venalarga birikkan bo‘ladi. Ular taranglashgan vaqtda venalarni
kengaytiradi, bo‘shashganda esa tomirlarni siqib, qonni yurakka qa-
rab yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: