352
mi «navbatchi kapillyarlar» faoliyat ko‘rsatadi. Tananing barcha
kapillyarlarining umumiy yuzasi 6300 m
2
. Ularda qonning sekin
oqishi (0,5 mm/s) moddalar almashinuvini o‘tishini ta’minlaydi.
Kapillyarlar devorining o‘tkazuvchligi turli a’zolarda turlicha va
o‘ziga xos.
Venalar arteriyalarga qarama-qarshi yo‘nalib, qonni a’zolar-
dan yurak ka olib boruvchi qon tomirlar. Ularda vena qoni oqa-
di. Venalarning devori arteriyaga nisbatan yupqa bo‘lib uch qa-
vatdan iborat. Tuzilishiga qarab venalar ikki turga: devorida silliq
mushak bo‘lgan venalar va mu shak bo‘lmagan venalarga bo‘lina-
di. Mu shaksiz venalarga bosh va orqa miyaning qattiq va yumshoq
pardasi venalari, suyak, ko‘zning to‘r pardasi, taloq venalari kira-
di. Bu venalar ichki tomondan endoteliy bilan qop langan bo‘lib,
uning ostida endoteliy osti membranasi tashqi tomonida yupqa
yumshoq biriktiruvchi to‘qima pardasi bo‘ladi.
Mushakli venalar, o‘z navbatida, silliq mushak qavati kuchli
rivojlangan venalarga (darvoza vena oqimlari, tananing pastki qis-
mi va oyoq venalari), ularning o‘rta qavatida silliq mushak tolalari
ko‘p bo‘ladi. Mu shak qavati kam rivojlangan venalarga tananing
yuqori qismi, bo‘yin, bosh va qo‘l venalari kiradi.
Venalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning ko‘p qis-
mida klapanlari
borligi (151-rasm). Klapanlar miya venalari, dar-
voza vena oqimlari, kavak venalar, bosh va bo‘yin, o‘pka va buy-
rak venalarida bo‘lmaydi. Klapanlar venalarning ichki qavatidan
hosil bo‘lgan juft yarim oysimon burmalar shaklida bo‘ladi.
Ular elastik, kollagen tolalar va bi rik tiruv chi to‘qimadan tu-
zilgan bo‘lib, ustidan endoteliy qoplagan. Klapanlar qonni orqa-
ga oqi shiga to‘sqinlik qiladi. Ular o‘zining turtib chiqqan chekka-
si bilan vena devoriga biriksa, botiq chekkasi qon yo‘nalishi yu-
rakka qaragan. Vena devori bilan klapan o‘rtasida klapan sinuslari
joylashgan. Qon oqish qiyinlashganda, qon klapan sinusiga kirib,
klapan cho‘ziladi va qon yo‘lini orqa tomoni
bekiladi. Klapanlar, ko‘pincha, venalarga kichik
oqimlar quyiladigan joylarda hosil bo‘ladi.
Bosh miyadan qon oqadigan bosh miya qat-
tiq pardasidagi vena sinuslari devori har doim
Dostları ilə paylaş: