Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
(si-
nusi)
 
hosil qilib, o‘ng bo‘lmachaga ochiladi. Toj sinusga quyuv-
chi venalardan tash qari yurakda to‘g‘ri o‘ng bo‘lmachaga quyuv-
chi yurakning 20–30 ta mayda (Tebeziyev) venalari ham bor.
Perikard 
(pericardium)
 
yurakni tashqi tomondan o‘ragan seroz 
qopcha. U tuzilishi har xil ikki: tashqi yurak xaltasining biriktiruv-
chi to‘qimali fibroz qismi (pericardium fibrosum) va ichki yurak 
xaltasining seroz qavatidan (pericardium serosum) iborat. Tashqi 
qavat fibroz perikard yurak asosida yirik qon tomirlarning tashqi 
pardasiga o‘tib ketadi. Ichki seroz perikard ikki qatlamdan iborat: 
parietal qatlam
 
fibroz perikardni ichki tomondan qoplaydi. Vis-
seral qatlam yurakning tashqi pardasi epikardni hosil qiladi. Se-
roz perikardning parietal va visseral qatlamlari yurak asosida biri-
dan biriga o‘tadi va ular o‘rtasida yurak xaltasining bo‘shlig‘i hosil 
bo‘ladi. Bu bo‘shliq da oz miqdorda seroz suyuqlik bo‘ladi. Peri-
kard noto‘g‘ri konus shaklida bo‘lib uch qismi tafovut qilinadi:
1. Oldingi to‘sh-qovurg‘a qismi o‘ng va chap mediastinal ple-
vra o‘rtasida, oldingi ko‘krak devorining orqa yuzasiga to‘sh-pe-
rikard boylamlari vositasida birikib turadi. 2. Pastki diafragma 
qismi diafragmaning pay markaziga birikib turadi. 3. Mediasti-
nal qismi lateral va qisman oldingi tomondan mediastinal plevra-
ga yopishib turadi. Bu qismning o‘ng va chap tomonlaridan dia-
fragma nervi va qon tomirlar o‘tsa, orqa tomonidan qizilo‘ngach, 
ko‘krak aortasi, toq va yarimtoq venalarga tegib turadi.
Perikard yangi tug‘ilgan chaqaloqda yumaloq shaklda bo‘lib, 
yurak ni zich o‘rab turadi. Uning vertikal o‘lchami 35 mm, 
ko‘ndalangi 41,5 mm dir. U nisbatan qalin, ammo cho‘ziluv-
chan bo‘ladi. Uning yuqori chegarasi juda yuqori, to‘sh-o‘mrov 


361
bo‘g‘imlarini qo‘shib turuvchi chiziqqa yetadi. Pastki chegarasi 
esa yurakning pastki chegarasiga teng. Bolalarda perikard hara-
katchan bo‘ladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin