358
Bo‘lamachalar miokardi ikki: 1. Yuza qavati ikkala bo‘lmacha
uchun umumiy ko‘ndalang tolalardan iborat. 2. Chuqur qavati
har bir bo‘lmacha uchun alohida, bo‘ylama yo‘nalishdagi mushak
tolalaridan iborat. Bo‘ylama tolalar fibroz halqadan boshlansa,
aylanma tolalar bo‘lmachaga quyilgan venalarni o‘rab turadi.
Qorinchalar miokardi turli yo‘nalishdagi uch qavatdan ibo-
rat. Tashqi qiyshiq qavat fibroz halqadan boshlanib, yurak
uchida
yurak girdobini
hosil qilib, ichki bo‘ylama qavatga o‘tib
ketadi.
So‘rg‘ichsimon mushaklar va mushak trabekulalari shu qa-
vat mushaklari hisobiga hosil bo‘ladi. Bu ikkala qavat qorinchalar
uchun umumiy. Ular o‘rtasida joylashgan aylanma qavat esa qo-
rinchalar uchun alohida. Qorinchalararo to‘siq shu qavat mushak
tutamlaridan iborat.
Yurak devorining
tashqi qavati epikard
miokardni ustidan qop-
lab turuvchi yurak xaltasining visseral varag‘idan iborat. U yupqa
biriktiruv chi to‘qima qatlami bo‘lib, mezoteliy bilan qoplangan.
Epikard yurakka kiruv chi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomir-
larni o‘rab, perikardning parietal varag‘iga o‘tib ketadi.
Dostları ilə paylaş: