367
Aorta
Aorta
(aorta)
katta qon aylanish doirasining eng katta toq ar-
teriya tomiridir. Unda uch: aortaning ko‘tariluvchi qismi,
aorta
ravog‘i va aortaning tushuvchi qismi tafovut qilinadi.
Aortaning ko‘tariluvchi qismi
chap qorinchadan to‘sh suyagi-
ning chap chekkasida uchinchi qovurg‘a oralig‘ida chiqadi. Bosh-
langan yerida u piyozga o‘xshab kengayib aorta so‘g‘onini ho-
sil qiladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismini uzunligi 6 sm atrofida.
Bu sohada aorta devori bilan yarim oysimon qopqoqlar o‘rtasida
aortaning uchta sinusi bo‘ladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismining
boshlanish joyidan yurakning o‘ng va chap tojsimon arteriyala-
ri boshlanadi. Aortaning ko‘tariluvchi qismi o‘pka
poyasining or-
qa qismidan ko‘tarilib II o‘ng qovurg‘a tog‘ayini to‘sh suyagiga
qo‘shilgan joyida aorta ravog‘iga o‘tib ketadi.
Aorta ravog‘i
II qovurg‘a tog‘ayi orqa yuzasidan chapga va or-
qa tomonga yo‘nalib, IV ko‘krak umurtqasi sohasida aortaning
tushuvchi qismiga o‘tib ketadi. Aorta ravog‘ining ko‘tarilgan yu-
zasidan uchta yirik arteriya:
yelka-kalla poyasi, chap umumiy uy-
qu arteriyasi va chap o‘mrov osti arteriyasi boshlanadi. Uning bo-
tiq yuzasidan kekirdak, bronx va qalqonsimon
bezga bir nechta
mayda arteriyalar chiqadi.
Aortaning tushuvchi qismi
IV ko‘krak umurtqasi sohasidan
bosh lanib, IV bel umurtqasi sohasida o‘ng va chap umumiy yon-
bosh arteriyalariga bo‘linadi. Aortaning
davomi esa ingichka dum-
g‘azaning o‘rta arteriyasiga aylanib, dumg‘azaning chanoq yuza-
sidan pastga tomon yo‘naladi.
Dostları ilə paylaş: