369
bo‘linadi. Tashqi uyqu arteriyasidan 9 ta tarmoq uch guruh bo‘lib
chiqadi. Uning oldingi guruh tarmoqlariga
ustki qalqonsimon bez,
til va yuz arteriyalari kiradi.
1. Ustki qalqonsimon bez arteriyasi tashqi uyqu arteriyasi-
ning bosh lanish sohasidan chiqib, oldinga va pastga yo‘naladi va
pastki qalqonsimon bez arteriyasi bilan anastomozlashadi.
U qal-
qonsimon bezni, hiqildoqni shilliq pardasi va mushaklarini, til
osti suyagi va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakni qon bilan
ta’minlaydi.
2. Til arteriyasi tashqi uyqu arteriyasidan
til osti suyagi katta
shoxlari sohasida boshlanib, pastga tilga tomon yo‘naladi. U til
mu shaklari
va shilliq pardasini, til osti suyagini
va til osti so‘lak
bezini qon bilan ta’minlaydi.
Yuz arteriyasi
til arteriyasidan 3–5
mm yuqoriroq, pastki jag‘
burchagi sohasidan boshlanadi. Pastki jag‘ suyagi qirrasini ayla-
nib o‘tib yuzga chiqadi, yuqori va oldinga yo‘nalib og‘iz burcha-
giga boradi.
Yum shoq tanglay, tanglay murtagi, engak va bo‘yin-
ning til osti suyagi ustidagi mushaklari, jag‘ osti so‘lak
beziga tar-
moq bergach, yuz arteriyasi ko‘zning medial burchagiga ko‘tari-
lib, burchak arteriyasi
nomi bilan ko‘z arteriyasining tarmog‘i bu-
running orqa arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
Tashqi uyqu arteriyasining orqa guruh tarmoqlari:
1. Ensa arteriyasi
yuz arteriyasi bilan bir sohadan boshlanadi.
Orqa tomonga chakka suyagining o‘z nomidagi egatida yo‘nalib
ensa
terisini, so‘rg‘ichsimon o‘simtani
Dostları ilə paylaş: