366
o‘tkazishga; 4) yurak mushagini qo‘zg‘aluvchanligiga. Adashgan
nerv yurak qisqarishi miqdori va kuchini kamaytirib, yurak mu-
shagini qo‘zg‘aluv chanligi va o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Sim-
patik nervlar yurak qisqarishi miqdori va kuchini, qo‘zg‘aluvchan-
ligi va o‘tkazuvchanligini oshiradi. Shunday qilib, nervlar yurak
ishini boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatib, uni o‘zgartiradi va qon ayla-
nishi kuchini organizm talabiga moslab turadi.
Qon tomirlar tonusi neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi.
Qon tomir lar markazlari uzunchoq va orqa miyada joylashgan
ikki xil: qon tomirlarni toraytiruvchi va qon tomirlarni kengayti-
ruvchi nervlar bilan innervatsiya qilinadi. Qon tomirlarni toray-
tiruvchi markazdan impuls lar ularni uzoq qisqargan holatda ush-
lab turuvchi qon tomirlar mu shaklariga beto‘xtov boradi. Qon
tomirlarni toraytiruvchi nervlar simpatik nerv tizimiga taalluq-
li. Qon tomirlarni kengaytiruvchi markaz tomirlarga qon tomi-
rlarni toraytiruvchi markazni tormozlash orqali ta’sir ko‘satadi.
Bunda qon tomirlarga impulslar oqimi kamayadi va ular ken-
gayadi. Qon tomirlarni toraytiruvchi moddalarga adrenalin, no-
radrenalin, vasopressin va serotonin kiradi. Qon tomirlarni ken-
gaytiruvchilarga metobolitlar-sut kislotasi va atsetilxolin media-
tori kiradi.
Dostları ilə paylaş: