370
chuqur mushaklarini,
eshituv nayi va nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq par-
dasini va bosh miyaning qattiq pardasini qon bilan ta’minlaydi.
2. Chakkaning yuza arteriyasi tashqi uyqu arteriyasining be-
vosita davomi bo‘lib, tashqi eshituv yo‘lining oldidan yuqoriga
ko‘tariladi. Chakkaning yuza arteriyasi kalla usti mushagini, pe-
shona va tepa terisini, quloq oldi bezini, yonoq, ko‘z kosasi osti
sohasi, quloq suprasi, tashqi eshituv yo‘li terisini va mimika mu-
shaklarini, shuningdek, chakka mushagini qon bilan ta’minlaydi.
3. Ustki jag‘ arteriyasi
tashqi uyqu arteriya sining eng katta tar-
mog‘i. Uning qisqa poyasi pastki jag‘ suyagi shoxining orqasidan
o‘tib chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalarida yotadi.
U chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imini, tashqi eshituv yo‘li va nog‘ora
parda terisini, nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasini, tishlarini, mimi-
ka mu shaklari va engak terisini, chaynov mushaklarini, shuning-
dek, lunj mu shagi va lunjning shilliq pardasini, burun bo‘shlig‘i
devorini, qattiq va yumshoq tanglayni qon bilan ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: