378
moyakka boradi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni osil-
tirib turuvchi boylami tarkibida tuxumdonga boradi.
Qorin aortasining toq visseral tarmoqlariga qorin poyasi, ust-
ki va pastki ichaktutqich arteriyalari kiradi. Ular qorin bo‘shlig‘ida
joy lashgan toq a’zolarni qon bilan ta’minlaydi.
1. Qorin poyasi
(truncus coeliacus)
uzunligi 1,5–2 sm bo‘lgan
qisqa tomir, aortaning (166-rasm) oldingi yuzasidan XII ko‘krak
umurtqasi sohasida boshlanadi. Oshqozon
osti bezining yuqori
chekkasida uchta: osh qozonning chap, umumiy jigar va taloq ar-
teriyasiga bo‘linadi.
a) oshqozonning chap arteriyasi
oshqozonning
kichik egriligi
bo‘ylab yotib, qizilo‘ngachning qorin qismi va oshqozonning ta-
nasini qon bilan ta’minlaydi.
b) umumiy jigar arteriyasi
o‘ng tomonga yo‘nalib ikkiga: ji-
garning xususiy arteriyasi va oshqozon o‘n ikki barmoq ichak
arteriyasiga bo‘linadi.
Jigarning xususiy arteriyasi
jigar-o‘n ik-
ki barmoq ichak boylami ichida jigar darvozasiga borib, o‘ng va
chap tarmoq qa bo‘linadi. Jigar ichida ular sektor, segment va
bo‘laklararo arteriyalarga bo‘linadi. O‘ng tarmoqdan o‘t
pufagi-
ni qon bilan ta’minlov chi o‘t pufagi arteriyasi chiqadi. Xususiy
jigar arteriyasidan oshqozonning kichik egriligi bo‘ylab yo‘nalib,
oshqozonning pilorik qismini qon bilan ta’minlovchi o‘ng osh-
qozon arteriyasi chiqib, chap oshqozon arteriyasi bilan anasto-
mozlashadi.
Oshqozon-o‘n ikki barmoq ichak
arteriyasi oshqozonning pi-
lorik qismining orqasidan o‘tib,
o‘ng oshqozon-charvi va ustki
oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak arteriyasiga bo‘lina-
di. O‘ng osh qozon-charvi arteriyasi oshqozonning katta egriligi
Dostları ilə paylaş: