386
Ichki bo‘yinturuq venaning bosh suyagi tashqarisidagi oqim lariga
bosh va bo‘yinning tur li qismlaridan qon yig‘uvchi yuz, pastki jag‘
orqasidagi vena, til, halqum, ustki va o‘rta
qal qonsimon venalar ki-
radi.
Tashqi bo‘yinturuq venasi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak-
ning oldingi chekkasida ensa va quloq orqa venasining qo‘shilishi-
dan hosil bo‘ladi. U to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon
mushakning ol-
dingi yuzasi bo‘ylab o‘mrov suyagigacha tushadi va ichki bo‘yintu-
ruq venani o‘mrov osti venasiga qo‘shilgan burchakka yoki o‘mrov
osti venasiga quyiladi. Tashqi bo‘yinturuq venasiga yo‘1-yo‘lakay ku-
rak osti
venasi
,
oldingi bo‘yinturuq venasi va bo‘yinning ko‘ndalang
venasi quyiladi.
Oldingi bo‘yinturuq venasi
engak osti sohasi mayda venalaridan
hosil bo‘ladi.
U pastga tomon tushib, bo‘yin fassiyalari o‘rtasidagi
oraliqda o‘ng va chap oldingi bo‘yinturuq venalari o‘zaro ko‘ndalang
anastomoz bilan qo‘shilib bo‘yinturuq vena ravog‘ini
hosil qiladi. Bu
ravoq o‘ng va chap tomonda tashqi bo‘yinturuq venasiga quyiladi.
O‘mrov osti venasi
toq, qo‘ltiq osti venasining davomi bo‘lib,
oldingi narvonsimon mushakning oldida joylashadi. To‘sh-o‘mrov
bo‘g‘imi orqasida ichki bo‘yinturuq vena bilan qo‘shilib,
yelka-bosh
venasini hosil qiladi. Unga ko‘krak venalari va kurakning orqa ve-
nasi
quyiladi.
Qo‘l venalari
yuza va chuqur venalarga bo‘linadi. Bu venalar
o‘zaro ko‘plab anastomozlar hosil qilib qo‘shiladi. Qo‘lda
yuza vena-
lar yaxshi bilinadi (171-rasm). Qo‘lning asosiy yuza venalari: lateral
va medial teri osti venalari bo‘lib, ular
barmoqlarning orqa tomoni-
dagi vena chigallaridan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: