Anatomiya 2014. indd


Oldingi katta boldir arteriyasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə323/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

1.
Oldingi katta boldir arteriyasi
(a.tibialis anterior)
 
taqim os-
ti chu qurchasidan boshlanib, suyaklararo pardani teshib boldir-
ning oldingi yuzasiga o‘tadi. Suyaklararo pardaning oldingi yuzasi 
bo‘ylab oyoq kaftiga borib, oyoq panjasining ustki arteriyasiga da-
vom etadi.
Oldingi katta boldir arteriyasining tarmoqlari boldir va kaft us-
ti suyaklarini, tizza va boldir-oyoq panja bo‘g‘imini, shuningdek, 
boldirning oldingi guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
2. Orqa katta boldir arteriyasi
(a. tibialis posterior)
 
taqim os-
ti arteriyasining bevosita davomi (168-rasm). U boldirning or-
qa guruh mu shaklari o‘rtasidagi boldir-taqim osti kanalidan past-
ga yo‘nalib, undan kambalasimon mushakning medial chekkasiga 
chiqadi. Keyin arteriya medial tomonga og‘ib medial to‘piqning 
orqa tomonidagi fib roz kanaldan o‘tadi va oyoq kaftiga tushadi. 
Shu sohada orqa katta boldir arteriyasi fassiya va teri bilan qop-


382
langan. Oyoq kaftida u oyoq kaftining me-
dial va lateral arteriyalariga bo‘linadi. Or-
qa katta boldir arteriyasi tarmoqlari boldir 
va kaft usti suyaklarini, tizza va boldir-oyoq 
panja bo‘g‘imini, shuningdek, boldirning or-
qa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlay di. 
Uning katta tarmog‘i kichik boldir arteriya-
si tashqariga va past tomonga bosh barmoq-
ni bukuvchi mushak ostida yo‘nalib past ki 
mushak-kichik boldir kanaliga kiradi. U ki-
chik boldir suyagi va boldirning lateral guruh 
mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
168-rasm. Orqa katta boldir arteriyasi:
1–taqim arteriyasi; 2–kicik boldir arteriyasi; 3–orqa katta boldir arteriyasi;
4–tovon tar moqlari; 5–tovon to‘ri; 6–oyoq kaftining medial arteriyasi; 
7–medial to‘piqning to‘ri; 8–medial to‘piq tarmoqlari; 9–oldingi katta
boldir arteriyasi; 10–tizzaning pastki medial arteriyasi.
Oyoq panjasining ustki yuzasida oldingi katta boldir arteriya-
sining davomi bo‘lgan oyoq panjasining ustki arteriyasi birinchi 
kaft suyaklari oralig‘iga yo‘nalib, oxirgi tarmoqlariga bo‘linadi. 
Uning tarmog‘i ravoqsimon arteriya oyoq kafti bilan barmoq fa-
langalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar sohasida oyoq panjasi kaft usti-
ning lateral arteriyasi bilan anastomozlashib kaft usti ravog‘ini 
hosil qiladi. Bu ravoqdan chiqqan tarmoqlar II–V barmoqlar-
ning ustki tomoniga yo‘naladi. Oyoq kaftida orqa katta boldir 
arteriyasi tarmoqlari oyoq kaftining medial va lateral arteriyala-
ri (169-rasm) yotadi. Oyoq kaftining medial arteriyasi o‘z nomi-
dagi egatda yotib, atrofdagi mushaklarni qon bilan 
ta’minlaydi va lateral oyoq kafti arteriyasi hamda 
oyoq kaftining birinchi dorsal arteriyasi bilan anas-
tomozlashadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin