381
teriyasining bosh lang‘ich qismidan qorinning oldingi devori mu-
shaklari, terisi va teri osti yog‘ kletchatkasini, shuning dek, er-
kaklarda yorg‘oq
terisini, ayollarda katta jinsiy lablar terisini qon
bilan ta’minlovchi qorin devorini yuzaki arteriyasi, yonbosh suya-
gini o‘rovchi yuzaki arteriya va tashqi jinsiy arteriyalar chiqadi.
Son arteriyasining eng katta tarmog‘i bo‘lgan sonning chuqur
arteriyasining tarmoqlari: son suyagini o‘rovchi
medial va late-
ral arteriyalar, shuningdek, teshib o‘tuvchi arteriyalar son suyagi-
ni, chanoq va son mushaklarini, son terisini qon bilan ta’minlay-
di. Son arteriyasidan yaqinlashtiruvchi
kanalda boshlanib, yashi-
rin nerv bilan uning oldingi devori orqali sonning oldingi yuza-
siga chiqadigan tizza bo‘g‘imining tu shuvchi arteriyasi pastga to-
mon yo‘ na lib, tizza bo‘g‘imiga keladi va tizza bo‘g‘imi to‘rini ho-
sil qilish da ishtirok etadi.
Taqim arteriyasi
(a.poplitea)
son arteriyasining
bevosita davo-
mi bo‘lib, taqim osti chuqurchasining boshlanish joyida son suya-
gini orqa tomonida yotadi. Uning qolgan qismi taqim osti musha-
gi ustida yotib, shu mushakning pastki chekkasida oldingi va or-
qa katta boldir arteriyalariga bo‘linadi.
Taqim arteriyasidan son
va oldingi katta boldir arteriyalari tarmoqlari bilan tizza bo‘g‘imi
to‘rini hosil qiluvchi tizzaning yuqorigi lateral va medial, tizza-
ning pastki lateral va medial, shuningdek, tizzaning o‘rta
arteriya-
lari chiqadi.
Dostları ilə paylaş: