379
bo‘ylab chap tomonga yo‘nalib, chap oshqozon-charvi arteriya-
si bilan anastomozlashadi. Undan oshqozonni va katta charvini
qon bilan ta’minlovchi tarmoqlar chiqadi. Ustki oshqozon osti
bezi-o‘n ikki barmoq ichak arteriyalari o‘n
ikki barmoq ichak-
ning yuqori qismini va oshqozon osti bezining boshini qon bilan
ta’minlaydi.
d) taloq arteriyasi (a. lienalis)
oshqozon osti bezining ustki
qirrasi bo‘ylab yo‘nalib oshqozon osti bezining tana va dum qism-
larini qon bilan ta’minlaydi. Bundan
tashqari oshqozon tubini
qon bilan ta’minlovchi oshqozonning kalta arteriyalarini bergach
ta loqqa yo‘naladi. Taloq darvozasida u shoxlanib, taloq parenxi-
masiga tarqaladi. Taloq darvozasida
taloq arteriyasi yoki uning
tarmoqlaridan chiqqan chap oshqozon-charvi arteriyasi oshqo-
zonning katta egriligi bo‘ylab o‘ng tomonga yo‘nalib osh qozonni
va katta charvini qon bilan ta’minlaydi va o‘ng oshqozon-charvi
arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
2. Ustki ichak-tutqich arteriyasi
(a. mesenterica superior)
qo-
rin aortasidan oshqozon osti bezi tanasini orqasida XII ko‘krak I
bel umurt qasi sohasida boshlanadi. Oshqozon osti bezi boshi bi-
lan o‘n ikki barmoq ichakning pastki qismi o‘rtasidan o‘tib, ingi-
chka ichak ichaktutqichi ichiga kiradi. Undan chiqqan ko‘p son-
li tarmoqlar o‘n ikki barmoq ichak va oshqozon osti bezi boshi-
ni past ki qismini,
och va yonbosh ichakni, ko‘richak va chu-
valchangsimon o‘simtani, ko‘tariluvchi va ko‘ndalang chambar
ichakni qon bilan ta’minlaydi. Ustki ichak-tutqich arteriyasi tar-
moqlari ravoqsimon anastomozlar hosil
qiladi va pastki ichak tut-
qich arteriyasi bilan qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: