Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə330/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Ichki yonbosh venasi 
(v. iliaca interna) kichik chanoq bo‘sh-
lig‘ining yon devorida shu nomdagi arteriyaning orqasida yotadi va 
uning tarmoqlari qon bilan ta’minlovchi sohalardan qon yig‘adi. 
Uning oqim lari parietal va visseral guruhlarga bo‘linadi. 
Ichki yonbosh venasining parietal oqimlari chanoq suyaklari va 
yumshoq to‘qimasidan qon yig‘adi.
Ichki yonbosh venasining visseral oqimlari kichik chanoq bo‘sh-
li g‘i a’zolari atrofini o‘ragan vena chigallaridan boshlanadi.
Tashqi yonbosh venasi
(v. iliaca externa) son venasinig bevo-
sita davomi bo‘lib unga chov boylamining ustida qorin devorining 
past ki venasi
 
va yonbosh suyagini o‘rovchi chuqur vena
 
quyiladi.
172-rasm. Ayollar chanoq bo‘shlig‘i
a’zolarining qon tomirlari:
1–chap umumiy yonbosh venasi; 2–chap ichki yon-
bosh vena; 3–to‘g‘ri ichakning o‘rta venalari; 4–ba-
chadon venalari; 5–siydik qopi venalari; 6–siydik 
qopi venalarining chigali; 7–bachadon venalarining 
chigali; 8–o‘ng tashqi yonbosh vena; 9–o‘ng tuxu-
mdon venasi; 10–pastki kavak vena.


389
Oyoq venalari chuqur va yuza venalarga bo‘linadi. Yuza venalar 
teri ostida joylashib, ko‘p sonli to‘rlar hosil qiladi. Ulardan oyoq-
ning katta va kichik teri osti venalari hosil bo‘ladi. 
Oyoq panjasi venalari: oyoq panjasining orqa (dorsal) vena-
lari
 
bar moqlarning vena chigallaridan boshlanib, oyoq panjasi-
ning orqa (dorsal) ravog‘iga
 
quyiladi. Bu ravoqning medial chek-
kasidan oyoq ning katta teri osti venasi, lateral chekkasidan esa 
oyoqning kichik teri osti venasi bosh lanadi. Oyoq panjasining 
kaft tomonida kaft vena to‘ri ko‘p sonli teri osti venalaridan qon 
yig‘adi. Ular chuqur anastomozlar hosil qiladi. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin