388
bul qiladi. So‘ngra diafragmadan o‘z nomidagi teshik orqali orqa
ko‘ks oralig‘iga o‘tib, perikard ichiga kiradi va o‘ng bo‘lmacha-
ga quyiladi. Qorin bo‘shlig‘ida pastki kavak vena qorinparda bilan
faqat old tomondan o‘ralgan.
Pastki
kavak vena tizimi oyoq, chanoq devori va unda joylash-
gan a’zolardan, qorin bo‘shlig‘i devori va unda joylashgan juft
a’zolardan,
shuningdek, jigardan qon yig‘adi. Pastki kavak vena-
ning oqim lari ikki: parietal va visseral guruhlarga bo‘linadi. Pastki
kavak venaning parietal oqimlariga 4 juft
bel venalari va diafrag-
maning pastki venalari kirib, ular shu nomdagi arteriyalar tarqal-
gan sohadan qon yig‘adi.
Pastki kavak venaning visseral oqimlariga juft moyak (tuxum-
don), buyrak, buyrak usti bezi venalari va jigardan qon yig‘uvchi 3–4
jigar venalari kiradi.
Umumiy yonbosh venasi
(v. iliaca communis) dumg‘aza-yon-
bosh bo‘g‘imi sohasida ichki va tashqi yonbosh venalarning qo‘shi-
lishidan hosil bo‘ladi (172-rasm). O‘ng umumiy yonbosh vena shu
nomdagi arteriyaning orqasida, chap
vena esa medial tomonida
joylashadi.
Dostları ilə paylaş: