Anatomiya 2014. indd


Ichki uyqu arteriyasining



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Ichki uyqu arteriyasining
(a.carotis interna)
 
boshlang‘ich qis-
mi tash qi uyqu arteriyasining lateral va orqa tomonida, so‘ngra 
medial tomonida yotadi. Bu arteriya halqum va ichki bo‘yinturuq 
venaning o‘rtasidan tikka ko‘tarilib, uyqu kanalining tashqi teshigi 
orqali kanalga keyin kalla bo‘shlig‘iga kiradi. Unda bo‘yin,
 
tosh-
simon,
 
so‘g‘on va miya qismlari
 
tafovut qilinadi. Bo‘yin qismi-
dan tarmoqlar chiqmaydi. Toshsimon qismida uyqi kanali ichida 
ichki uyqu arteriyasidan chiqqan uyqu-nog‘ora arteriyasi
 
nog‘ora 
bo‘shlig‘ini qon bilan ta’minlaydi. Kanaldan chiqqanidan keyin 
ichki uyqu arteriyasi yuqoriga qarab bukilib, o‘z nomidagi egatda 
yotadi. Ichki uyqu arteriyasining so‘g‘on qismi tarmoq lari bosh 
miya qattiq pardasini, gipofizni va uch shoxli nerv tugunini qon 
bilan ta’minlaydi. Arteriyadan ko‘ruv kanali sohasida chiqqan 
ko‘z arteriyasi ko‘ruv nervi bilan ko‘z kosasiga kiradi. Bu arteriya 
ko‘z kosasi ichida joylashgan a’zo larni, bosh miya qattiq parda-
sini va burun bo‘shlig‘i shilliq pardasini qon bilan ta’minlab, yuz 
arteriyasi tarmog‘i bilan anastomoz lashadi.
Uchki uyqu arteriyasining miya qismidan quyidagi tarmoqlar 
chiqadi (161-rasm).
1. Miyaning oldingi arteriyasi 
ichki uyqu arteriyadan, ko‘z ar-
teriyasidan biroz yuqoriroqdan chiqib, qisqa oldingi qo‘shuvchi 
arteriya vositasida qarama-qarshi tomondagi arteriya bilan biri-
kadi. So‘ng miyaning oldingi arteriyasi qadoq tana egati bo‘ylab 


371
161-rasm. Bosh miya asosidagi arterial halqa-
ning hosil bo‘lishi:
1–oldingi qo‘shuvchi arteriya; 2–orqa qo‘shuv-
chi arteriya; 3–orqa miyaning orqa arteriyasi; 
4–miyachaning orqa pastki arteriyasi;
5–orqa miyaning oldingi arteriyasi; 6–umurtqa 
arteriyasi; 7–miyachaning pastki oldingi arte-
riyasi; 8–labirint arteriyasi; 9–bazilyar arteriya; 
10–miyachaning ustki arteriyasi;
11–miyaning orqa arteriyasi; 12–tomirli chigal 
pardaning oldingi arteriyasi; 13–miyaning o‘rta 
arteriyasi; 14–ichki uyqu arteriyasi; 15–miyaning oldingi arteriyasi.
bosh miyaning ensa bo‘lagiga qarab yo‘naladi. U bosh miyaning 
peshona, tepa bo‘laklari, qisman ensa bo‘lagi medial yuzasini, 
shuningdek, hid lov piyozchasi va traktini, targ‘il tanani qon bi-
lan ta’minlaydi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin