Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yurak
Yurak (cor)
 
mushakdan tuzilgan (152-rasm) qonni arteriya-
larga haydab, venalardan qabul qiluvchi, qon aylanish tizimining 
markaziy a’zosi. U ko‘krak qafasida pastki ko‘ks oralig‘ining o‘rta 
qismida joylashib, konussimon shaklga ega. Yurakning bo‘ylama 
o‘qi qiyshiq bo‘lib, orqadan oldinga, yuqoridan pastga va o‘ngdan 
chapga yo‘nalgan bo‘ladi. Uning toraygan uchi
 
chapga, past ga va 
oldinga, keng asosi yuqoriga va orqaga qaragan.
Yurakning oldingi to‘sh-qovurg‘a yuzasi
 
qavariq bo‘lib to‘sh 
va qovurg‘aning orqa yuzasiga qaragan. Pastki diafragma yuza-
si diafragmaning pay markaziga tegib tu-
radi. Yurak ning yon yuzalari o‘pkaga qa-
152-rasm. Yurak. Old tomondan ko‘rinishi:
1–chap o‘mrov osti arteriyasi; 2–chap umumiy
uyqu arteriyasi; 3–aorta ravog‘i; 4–chap o‘pka
arteriyasi; 5–aortaning tushuvchi qismi; 6–chap 
quloqcha; 7–qorinchalararo oldingi egat; 8–chap 
qorincha; 9–yurak uchi; 10–o‘ng qorincha;
11–toj arteriyasining egati; 12–o‘ng quloqcha;
13–aortaning ko‘tariluvchi qismi; 14–yuqori kavak 
vena; 15–yelka-kalla poyasi.


355
ragan bo‘lib, o‘ng va chap o‘pka yuzalari
 
deb ataladi. Yurak-
ning o‘rtacha og‘irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 250 g, uzunligi 
10–15 sm, ko‘ndalang o‘lchami 9–11 sm, oldingi-orqa o‘lchami 
6–8 sm bo‘ladi. Yurakning yuzasida bo‘lmacha va qorinchalar 
o‘rtasida chegara bo‘lib, toj arteriyasining egati
 
o‘tadi. Yuraknng 
to‘sh-qovurg‘a yuzasida qorinchalararo oldingi egat,
 
pastki yu-
zasida qorinchalararo orqa egat yotadi. Bu ikkala egat yurakning 
uchida yurak cho‘qqisidagi kemtikni hosil qilib qo‘shiladi.
Yurak 4 kameradan iborat (153-rasm). Unda o‘ng, chap bo‘l -
ma cha va o‘ng, chap qorincha tafovut qilinadi. Bo‘lmachalar ve-
nalardan qonni qabul qilib olsa, qorinchalar qonni haydab chi-
qaradi. Y urakning o‘ng bo‘lagida vena qoni, chap bo‘lagida ar-
teriya qoni oqadi. Bo‘l machalar qorinchalar bilan o‘zaro taba-
qali to‘sqichi bo‘lgan o‘ng va chap bo‘lmacha va qorinchalar 
o‘rtasidagi teshiklar orqali qo‘shilib turadi. O‘ng bo‘l macha

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin