454
II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari. Ular-
ning aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari tarkibi da
skelet mu shaklariga boradi. Po‘stloq-orqa miya lateral yo‘li aso-
san qo‘l va oyoq, qisman tana mushaklarini innervatsiya qiladi.
b) kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasiga
o‘tib oldingi po‘stloq-orqa miya yo‘lini hosil qiladi. Bu yo‘l bo‘-
yin va ko‘k rak qismlarda har bir segmentda kesishib,
qarama-
qarshi tomondagi oldingi shoxga o‘tib, harakatlantiruvchi hujay-
ralarda tugaydi.
II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari ak-
sonlari orqa miya nervlari tarkibida mushaklarga boradi. Pirami-
da yo‘li po‘stloqdan mushaklarga boruvchi ixtiyoriy harakat im-
pulslarini o‘tkazadi. Piramida yo‘li targ‘il tana, ko‘prik va to‘r
formatsiya hujayralari bilan bog‘langan. To‘r formatsiya ixtiyoriy
harakatlardagi shartsiz reflekslarga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Barcha po‘stloq orqa miya yo‘li kesishgan bo‘lib, har bir
yarim sharning po‘stlog‘i qarama-qarshi
tomon mushaklari fao-
liyatini boshqaradi.
II. Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘l.
I neyron markaz oldi pushtaning pastki qismi po‘stlog‘ini V
qavati piramida hujayralari, ularning aksonlari ichki g‘ilofning
tizzasi, miya oyoq chalarining asosidan o‘tadi. Yo‘lning bir qismi
kesishib, Silviy suv yo‘li atrofidagi ko‘zni harakatlantiruvchi va
g‘altak nervi o‘zaklarida tugaydi. Shu nervlar o‘zaklari hujayralari
ikkinchi neyronni hosil qilib, ko‘zni harakatlantiruvchi nerv tar-
kibida ko‘zning ustki, pastki, ichki to‘g‘ri,
pastki qiyshiq va yu-
qori qovoqni ko‘taruvchi mushaklarga, g‘altak nervi tarkibida esa
ko‘zning yuqorigi qiyshiq mushagiga boradi.
Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘lning ikkinchi
qismi ko‘prik sohasida kesishib, V, VI, VII juft bosh miya nervlar-
ning harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi. Bu o‘zaklar hujayra-
laridan boshlangan ikkinchi neyron uch
shoxli nerv tarkibida me-
dial va lateral qanotsimon, chakka, chaynov, jag‘-til osti, tanglay
chodirini hamda nog‘ora pardani taranglovchi mushaklarga va ik-
ki qorinchali mushakning oldingi qorinchasiga boradi.
Uzoqlashtiruvchi nerv tarkibida ko‘zning lateral to‘g‘ri musha-
giga. Yuz nervi tarkibida ikki qorinchali mushakning orqa qorin-
chasini, bigiz-til, uzangi
mushagi va mimika mushaklari, shuning-
dek, bo‘yinning teri osti mushagini innervatsiya qiladi.
455
Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘lning uchin-
chi qismi uzunchoq miyaga borib kesishadi va IX, X, XI, XII juft
bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi.
Ikkinchi neyron shu o‘zaklar hujayralaridan boshlanib, til-yut-
qin nervi tarkibida
bigizsimon-halqum mushagiga, adashgan nerv
tarkibida halqum, yumshoq tanglay, hiqildoq va qizilo‘ngach ning
yuqori qismi, qo‘shimcha nerv tarkibida trapetsiyasimon, to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon, til osti nervi tarkibida til mushaklariga
boradi.
Dostları ilə paylaş: