457
qni eshitish sohasi jarohatlanganda eshitish agnoziyasi roy berib,
odam eshita di, ammo so‘zlarni ma’nosini tushunmaydi. Assotsia-
tiv so‘zlash sohalarini buzilganda afaziya – so‘z soqovligi bo‘lishi
mumkin. Afaziya motor va sensor turlarda bo‘lishi mum kin. Mo-
tor afaziyada bemor so‘zni
tushunadi, ammo o‘zi gapira olmaydi.
Agrafiyada odam yozish ni unutadi.
Ukkala yarimsharning birgalikdagi faoliyatida, ularning har bi-
rini ahamiyati o‘zgacha. O‘naqaylarda chap yarimsharning hara-
katlantiruv chi faoliyatlari kucnli bo‘lsa, o‘ngida
sezuvchi faoli-
yat lar kuchli bo‘ladi. Miyaning harakat asimmetriyasi juda yaxshi
bilin gan bo‘lib: o‘naqaylarda o‘ng qo‘l va oyoq harakati chapiga
nisbatan kuchli, chaqqon va aniq.
O‘naqaylarda chap yarimshar og‘zaki va yozma so‘zni tu-
shinish ni va hosil qilishni, matematik
qobiliyatni va diqqatni
bo‘lish, so‘z va mantiq fikrlashni ta’minlaydi. «Savodsiz» o‘ng ya-
rimsharga obraz li, aniq fikrlash xos.
Limbik tizim
. Limbik tizim belbog‘ pushtasi, gipokamp, bo-
dom simon tana, gumbaz, tiniq to‘siqdan iborat.
Ular organizm-
ni ichki muhitini doimiyligini saqlashda, vegetativ faoliyatlarni
boshqa rishda, hissiyot va motivayatsiyani hosil qilishda ishtirok
etadi.
Bu tizimni yana, «visseral miya» deb ham ataladi. Unga
ichki a’zolardan ma’lumotlar keladi. Limbik tizimning turli so-
halarini elektr bilan ta’sirlansa, vegetativ faoliyatlar: qon bosimi,
nafas, hazm a’zolarining harakati, bachadon
va siydik qopi tonu-
si o‘zgaradi. Limbik tizim bosh miyaning barcha qismlari, to‘rsi-
mon formatsiya va gipotalamus bilan keng aloqaga ega. U barcha
vegetativ faoliyatlarni: y urak-qon tomirlar, nafas, hazm,
modda-
lar va energiya almashinuvining po‘stloq nazoratini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: