461
larcha davom etadigan tez uyqy davrida aksincha «vegetativ
to‘zon» kuzatiladi. Skelet mushaklari tinch va tonusi pasaygan
holatda bo‘l sa-da, bu davr da odam ko‘rayotgan tushida ishtirok
etadi, ichki a’zolari tushdagi harakatlar va hissiyotlarni ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan darajada o‘z faoliyatini tezlashtiradi. EEG-
da tetiklik ho latiga xos bo‘lgan kam amplitudali tez beta to‘lqinlar
qayd qilinadi. Tez uyqu davrida ko‘z olmasi harakati tezlashadi.
Bu vaqtda uyg‘otilgan odam tush ko‘rganini aytadi. Bu davr para-
doksal uyqu davri deb ataladi. Odamni tez uyqu va tush ko‘rish-
dan mahrum qilinishi esni yo‘qotishga ruhiy o‘zgarishlarga olib
keladi. Tash qi ta’sirlovchilar: sovuq, shovqin, hidlar, ko‘pincha,
tushni tarkibiga kiradi. Kuygan hid kelganda,
uxlayotgan odam
tushida o‘t o‘chirayotganini ko‘rishi mumkin.
I.P. Pavlov ta’biri bo‘yicha uyqu bu nerv hujayralarini char-
chash va holsizlanishdan saqlovchi tormozlanishdir. Shartli tor-
mozlovchi ta’sir lovchilar ta’siri ostida kelib chiqadigan uyquni,
I.P. Pavlov po‘stloqqa retseptorlardan kelayotgan afferent impuls-
larni to‘xtashi yoki kamayishi natijasida paydo bo‘ladigan
nofaol
uyqudan farqli ravishda faol uyqu deb atagan.
Hozirgi vaqtda uyquni bosh miya postlog‘ini faolligini yangi
ish tartibiga o‘tishi deb tushuniladi. Yangi ta’sirlovchilardan ho-
li bo‘lgan miya hujayralari uchun, bedorlik vaqtida kelgan ma’lu-
motlarni ish lab chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bu jarayon sekin uy-
quga nisbatan chuqurroq bo‘lgan, tez uyqu vaqtida sodir bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ini tez uyqu vaqtida tez ishlashi bedorlik vaq-
tida olingan ma’lumotlarni
tahlil qilish, fikrlash, tartibga solish va
mustahkamlashga kerak deb o‘ylashadi. Bunda bor ta’sirotlar qay-
ta ishlanadi va miyaga uzoq vaqtga joylashtirib qo‘yiladi.
Uyqu va bedorlik holatlarini boshqarishda miyaning oraliq miya
(talamus va gipotalamus) va to‘rsimon formatsiya ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: