Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

XI juft

qo‘shimcha nerv
(n. accessorius), harakatlantiruv-
chi nerv. Uni ikkita o‘zagi bo‘lib, bittasi uzunchoq miya soha-
sida, ikkinchisi orqa miyaning yuqori segmentlarida joylashgan. 
Uzunchoq miyadan nerv kalla sohasidagi ildiz, orqa miyadan esa 
orqa miya sohasidagi ildizini hosil qilib chiqadi.
Orqa miya sohasidagi ildizi yuqoriga ko‘tarilib katta teshik or-
qali kalla ichiga kiradi va kalla sohasidagi ildizi bilan qo‘shila-
di. Hosil bo‘lgan qo‘shimcha nerv ikki tarmoqqa bo‘linadi. Ich-
ki tarmoq adashgan nervga qo‘shiladi. Tashqi tarmoq bo‘yinturuq 
teshigi orqali tashqariga chiqadi. Teshikdan chiqqanidan so‘ng 
nerv orqa tomonga yo‘nalib, trapetsiyasimon va to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon mu shaklarni innervatsiya qiladi.


474
XII juft

til osti nervi
(n. hypoglosus), harakatlantiruvchi 
nerv. Uning bitta harakatlantiruvchi o‘zagi uzunchoq miyada joy-
lashgan. Nerv uzunchoq miyadan piramida bilan olivaning o‘rtasi-
dan chiqadi. Kalla bo‘shlig‘idan o‘z nomidagi kanal orqali chiqib, 
ravoq hosil qilib oldinga va yuqoriga tilga qarab yo‘naladi. Til 
ichida til tarmoq lariga bo‘linib, til mushaklarini innervatsiya qi-
ladi. Til osti nervidan chiquvchi yuqorigi ildiz bo‘yin chigalining 
pastki ildizi bilan qo‘shilib, bo‘yindagi nerv qovuzlog‘ini hosil qi-
ladi. Uning shoxlari til osti suyagining ostidagi mu shaklarni in-
nervatsiya qiladi.
Orqa miya nervlari
Orqa miya nervlari (nn. spinales) orqa miyadan chiquvchi ik-
ki ildiz dan hosil bo‘lgan nerv poyalaridan iborat. Ular juft bo‘lib, 
metamer joylashgan. Odamda 31 juft orqa miya nervlari bo‘lib, 
8 ta bo‘ yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 1 ta dum 
nervlariga bo‘ li nadi. Orqa miya nervlari aralash tolalardan iborat 
bo‘lib, tarkibida sezuvchi – afferent va harakatlantiruvchi – effe-
rent tolalari bo‘ladi. Orqa miya nervlarining orqa ildizi (sezuvchi) 
orqa miya tugu nida joylashgan soxta unipolyar hujayralarning mar-
kaziy o‘siqlaridan iborat. Oldingi ildizi (harakatlantiruvchi) orqa 
miyaning oldin gi shoxi hujayralarining aksonlaridan iborat. Umur-
tqalararo teshik sohasida oldingi va orqa ildizlar o‘zaro qo‘shilib, 
orqa miya nervi poyasini hosil qiladi va umurtqalararo teshikdan 
chiqqanidan so‘ng to‘rtta tarmoqqa bo‘linadi (201-rasm): 1) ol-
dingi (ventral) tarmoq tananing oldingi devori, qol va oyoq uchun; 
2) orqa (dorsal) tarmoq ensa va orqaning mushaklari va terisiga; 
3) orqa miya pardasiga boruv chi (meningeal) tarmoq orqaga qaytib 
umurtqa kanaliga kirib orqa miya pardalarini innervatsiya qiladi; 
4) qo‘shuvchi tarmoq VIII bo‘yin, barcha ko‘krak va yuqorigi ikki-
ta bel segmentlari sohasidan chiqadi. Ular simpatik tugunlarga bo-
ruvchi preganglionar tolalarni hosil qiladi. Orqa miya nervlarining 
oldingi va orqa shoxlari I bo‘yin nervining orqa shoxidan tash qari 
aralash tolalardan iborat. Ular skelet mushaklarini va terini inner-
vatsiya qiladi. Orqa miya nervlarining orqa tarmoqlari metamer 
joylashib, umurtqalarning ko‘ndalang o‘siq lari orasidan o‘tib orqa 
tomonga yo‘naladi. Ular I bo‘yin, IV va V dumg‘aza va dum ner-
vlaridan tashqari medial va lateral tarmoqlariga bo‘linadi.


475
Uchta ustki bel orqa miya nervlari orqa tarmoqlarining late-
ral teri tarmoqlari ustki dumba nervlarini hosil qilib, dumbaning 
y uqori qismi terisini innervatsiya qiladi. Uchta ustki dumg‘aza 
nerv larining lateral tarmoqlari o‘rta dumba nervini hosil qilib, 
katta dumba mu shagini teshib chiqadi va dumba terisini innerva-
tsiya qiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin