Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə394/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

199-rasm. Yuz nervi:
1–quloq oldi bezi; 2–chakka tarmoq-
lari; 3–yonoq tarmoqlari; 4–quloq ol-
di bezining nayi; 5–lunj tarmoqlari; 
6–pastki jag‘ cheti bo‘ylab yo‘naluvchi 
tarmoq; 7–bo‘yin tarmog‘i; 8–ikki qo-
rinchali tarmoq; 9–yuz nervi;
10–quloqning orqa nervi.


470
kanalidan o‘tib engak teshigi orqali chiqadi va engak nervi nomi bi-
lan engak va pastki lab terisini innervatsiya qiladi. Pastki jag‘ kana-
lidan o‘tayotganida uning tarmoqlari pastki jag‘ tishlari va milklarini 
innervatsiya qiladi.
Quloq-chakka nervi tashqi eshituv yo‘lining oldidan yuqori 
tomonga chakkaning yuza arteriyasi bilan birga yo‘naladi. Uning 
tarmoqlari chakka-pastki jag‘ bo‘gimini, tashqi eshituv yo‘li te-
risi va nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasini, quloq suprasini oldin-
gi qismini, chakka sohasi terisini innervatsiya qiladi. Til-halqum 
nervidan keluvchi parasimpatik tolalar quloq tuguni orqali o‘tib, 
quloq oldi bezini innervatsiya qiladi.
Pastki jag‘ nervining harakatlantiruvchi tarmoqlari barcha 
chaynov mushaklari, tanglay chodirini taranglovchi mushakni, 
nog‘ora pardani taranglovchi mushakni, jag‘-til osti mushagini va 
ikki qorinchali mushakni oldingi qorinchasini innervatsiya qiladi.
VI juft – uzoqlashtiruvchi nerv
(n. abducens), harakatlantiruv-
chi nerv. Uning yagona harakatlantiruvchi o‘zagi ko‘prikda 
joylash gan. Nerv miya asosidan ko‘prik bilan uzunchoq miya-
ning o‘rtasidagi egat dan chiqadi. Oldinga yo‘nalib, ko‘z kosasi-
ning ust ki yorig‘i orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko‘zning lateral 
to‘g‘ri mushagini innervatsiya qiladi.
VII juft
– 
yuz nervi
(n. facialis)
 
(199-rasm) tarkibiga ikkita 
nerv: ko‘pikning yopqich qismida joylashgan harakatlantiruvchi 
o‘zak hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan xususiy yuz nervi, 
sezuvchi va vegetativ o‘zak hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan 
oraliq nerv (n. intermedius) kiradi. Miya asosidan nerv ko‘prik-
ning orqa qirrasidan, olivadan lateral 
roqdan chiqib, dah 
liz-
chig‘anoq nervi bilan ichki eshituv yo‘lagiga kiradi. Chakka suya-
gining piramidasida o‘z nomidagi kanal ichida joylashib, bigizsi-
mon-so‘rg‘ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi. Kanal ichi-
da nerv bukilma-yuz nervi tizzachasi va tizza tugunini hosil qila-
di. Tizza tuguni soxta unipolyar hujayralardan iborat bo‘lib, oraliq 
nervning sezuvchi qismiga taalluqli. Yuz nervi kanali ichida ner-
vdan bir nechta tarmoqlar chiqadi: katta toshsimon nerv parasim-
patik tolalardan iborat bo‘lib, kanaldan o‘z nomidagi tirqish or-
qali piramidaning oldingi yuzasiga, bu yerdan o‘z nomidagi egat-
da yo‘nalib, yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi. Nerv simpa-
tik nerv bilan birga qanotsimon kanalga kirib, qanotsimon kanal 
nervi nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo‘shiladi. Nog‘ora 


471
tori parasimpatik va sezuvchi tolalari bo‘lib, sezuvchi tolalar tiz-
za tuguni soxta unipolyar hujayra o‘siq laridan iborat. Nerv kanal 
ichidan o‘z nomidagi naycha orqali o‘rta quloq bo‘shlig‘iga o‘ta-
di. Nog‘ora bo‘shlig‘idan toshsimon-nog‘ora yorig‘i orqali chiqib 
til nerviga qo‘shiladi. Uzangi nervi harakatlantiruvchi shox bo‘lib, 
nog‘ora bo‘shlig‘ida uzangi mushagini innervatsiya qiladi. Yuz 
nervi bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin en-
sa, quloq suprasi mushaklari, bigizsimon – til osti va ikki qorin-
chali mushakning orqa qorinchasiga harakatlantiruvchi tarmoq-
larini beradi.
So‘ng yuz nervi quloq oldi bezi ichiga kirib, uning ichida tar-
moqlarga bo‘linadi va quloq oldi chigalini hosil qiladi. Bu chi-
galdan chiqqan chakka, yonoq, lunj, pastki jag‘ cheti bo‘ylab 
yo‘naluv chi tarmoq va bo‘yin tarmoqlari boshning mimika mu-
shaklarini innervatsiya qiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin