469
dan og‘iz va burun bo‘shlig‘i, ko‘z kosasiga boruvchi tarmoq-
lar chiqadi. Uning tarmoqlari yumshoq va qattiq tanglay, burun
bo‘shlig‘i shilliq pardasini innervatsiya qiladi. Ustki jag‘ suyagining
do‘mboqchasidagi mayda teshiklar orqali kirgan yuqori jag‘ning
orqa tish katakchalarining tarmoqlari ustki jag‘ning oziq tishlarini
innervatsiya qiladi. Ko‘z kosasidan pastdagi nerv yuqori jag‘ ner-
vining bevosita davomi bo‘lib, ko‘z kosasining pastki yori g‘i orqali
ko‘z kosasiga kiradi. U ustki jag‘ tishlariga tarmoqlar berganidan
keyin o‘z nomidagi teshik orqali yuzga chiqib, pastki qovoq, tas-
hqi burun va ustki lab terisini innervatsiya qiladi. Qanot-tanglay
chuqurchasida yuqori jag‘ nervi parasimpatik qanot-tanglay tugu-
ni bilan bog‘lanadi. Bu tugun hujayralari tolalari yuqo ri jag‘ nervi
tarmoqlari tarkibida burun va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi bez-
larini, shuningdek, ko‘z yoshi beziga yo‘naladi.
Uch shoxli nervning uchinci shoxi – pastki jag‘ nervi tarkibida
sezuv chi va harakatlantiruvchi tolalar bo‘ladi (199-rasm). U kalla
bo‘sh lig‘idan oval te shik orqali chi qib harakatlantiruv chi va sezuv -
chi tarmoq larga bo‘linadi.
Pastki jag‘ nervining sezuvchi shoxlari to‘rtta. Lunj nervi
lunj ning shilliq pardasini va og‘iz yorig‘i burchagi terisini in-
nervatsiya qiladi. Til nervi pastga va oldinga tomon yo‘nalib ra-
voq hosil qiladi. Uning tarkibidagi sezuvchi tolalar tilning oldin-
gi 2/3 qismini va til osti sohasining shilliq pardasini innervatsiya
qiladi. Til nerviga qo‘shilgan yuz nervining nog‘ora tori tarmog‘i
ta’m sezuvchi va parasimpatik tolalardan iborat. Ta’m sezuvchi
tolalar til nervi tarkibida ta’m sezuvchi retseptorlarga borsa, pa-
rasimpatik tolalar til nervidan ajrab jag‘ osti va til osti tugunla-
riga qo‘shiladi. Bu tugunlardan chiqqan tarmoqlar shu nomdagi
bezlarni innervatsiya qiladi.
Pastki jag‘ tish katakchalari ner-
vi eng katta tarmoq. U pastki jag‘
Dostları ilə paylaş: