466
I juft – hid biluv nervi – nervus olfactorius;
II juft – ko‘ruv nervi –
nervus opticus;
III juft – ko‘zni harakatlantiruvchi nerv – nervus oculomato-
rius;
IV juft – g‘altak nervi – nervus trochlearis;
V juft – uch shoxlik nerv – nervus trigeminus;
VI juft – uzoqlashtiruvchi nerv –
nervus abducens;
VII juft – yuz nervi – nervus facialis;
VIII juft – dahliz-chig‘anoq nervi – nervus vestibulocochlearis;
IX juft – til-yutqin nervi – nervus glossopharyngeus;
X juft – adashgan nerv –
nervus vagus;
XI juft – qo‘shimcha nerv – nervus accessories;
XII juft – til osti nervi – nervus hypoglossus.
Bosh miya nervlari tuzilishi jihatidan orqa miya nervlaridan
farq qiladi. Bu farq bosh miya hamda kalla ning taroqqiyotini tana
va orqa miya taroqqiyotidan bosh qacha bo‘lishiga bog‘liq.
Bosh miya nervlari tolalari tarkibiga qarab:
sezuvchi nerv-
lar (I, II va VIII juftlar) sezgi a’zolari nervlari hisoblanadi,
harakatlantiruv chi nervlar (III, IV, VI, XI va XII juftlar) va ara-
lash nervlar (V, VII, IX va X juftlar) kiradi. Oxirgi guruh nervlar
tarkibida
sezuv chi, harakatlantiruv chi va avtonom tolalar bo‘la-
di. Avtonom tolalar III juft tarkibida ham bo‘ladi. Avtonom to-
lalar ichki a’zolarning silliq mushaklari va bezlarini innervatsiya
qiladi. Sezuvchi bosh miya nervlarining tugunlari bo‘ladi. Ammo
nervlarning bunday bo‘linishi shartli ravishda,
chunki har qanday
harakatlantiruvchi nerv tarkibida chuqur sezgi va avtonom tola-
lar bo‘ladi.
Bosh miya nervlari orqa miya nervlariga o‘xshab orqa va ol-
dingi il dizlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, faqat oldingi yoki orqa
ildizlardan hosil bo‘lgani
uchun harakatlan-
tiruvchi yoki sezuvchi nervlar bo‘ladi. Bun-
Dostları ilə paylaş: