Anatomiya 2014. indd


Og‘iz burchagini pastga tushiruvchi mushak



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Og‘iz burchagini pastga tushiruvchi mushak
(m. depressor an-
guli oris)
 
pastki jag‘ suyagining oldingi yuzasidan engak teshigi-
ning ostidan boshlanib, og‘iz burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: 
og‘iz burchagini pastga va tashqariga tortadi.
Pastki labni pastga tortuvchi mushak
(m. depressor labii infe-
rioris)
 
pastki jag‘ning oldingi yuzasidan engak teshigi oldidan 
boshlanadi. Tolalari yuqoriga va medial tomonga yo‘nalib pastki 
lab terisi va shilliq pardasiga birikadi.
Faoliyati: pastki labni pastga tortadi.


170
Engak mushagi 
(m. mentalis)
 
pastki jag‘ kurak tishlari alveo-
lasi bo‘rtmasidan boshlanib, engak terisiga birikadi. 
Faoliyati: engak terisini yuqoriga va tashqariga ko‘taradi.
Lunj mushagi
(m. buccinator)
 
yupqa to‘rtburchak shakldagi 
mu shak, pastki jag‘ shoxidagi qiyshiq chiziqdan, ustki jag‘ alveo-
lyar yoyining katta oziq tishlari sohasidan, qanotsimon o‘simta il-
mog‘i va pastki jag‘ o‘rtasidagi fibroz pardadan boshlanib, og‘iz 
burchagi shilliq pardasi va terisiga, ustki va pastki labga, og‘iz tir-
qishi atrofidagi aylanma mu shakka birikadi. 
Faoliyati: og‘iz burchagini orqaga tortadi. Lunjni tishlarga va 
milkka tegizadi. 
Ustki labni ko‘taruvchi mushak 
(m. levator labii superioris) 
ust ki jag‘ suyagining ko‘z kosasining pastki chekkasidan boshlanib, 
yuqori lab terisiga birikadi. 
Faoliyati: yuqori labni ko‘taradi, burun-lab egatini hosil qilib, 
burun qanotini tortadi.
Kichik yonoq mushagi
(m. zygomaticus minor)
 
yonoq suyagi-
ning oldingi yuzasidan boshlanib pastga va medial tomonga yo‘na-
lib, lab burchagi terisiga birikadi. 
Faoliyati: lab burchagini ko‘taradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin