Anatomiya 2014. indd


Boshning yuqorigi qiyshiq mushagi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Boshning yuqorigi qiyshiq mushagi
(m. obliquus capitis supe-
rior)
 
atlantning ko‘ndalang o‘siqchasidan boshlanib, ensaning pastki 
bo‘yin chizig‘i ustiga birikadi. 
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, boshni orqaga, bir tomonla-
ma qisqarsa, o‘zi tomoniga bukadi.
4.
 Boshning pastki qiyshiq mushagi 
(m. obliquus capitis in fe-
rior) II
 
bo‘yin umurtqasi qirrali o‘siqchasidan boshlanib, atlant-
ning ko‘ndalang o‘siqchasiga birikadi. 
Faoliyati: boshni II umurtqa tishining bo‘ylama o‘qi atrofida 
buradi.
Bo‘yin fassiyalari. 
Bo‘yin fassiyalari uchta plastinkadan iborat.
1. Yuza plastinka
 
bo‘yinning teri osti mushagi orqasida joy-
lashib, bo‘yinni har tomondan o‘raydi. U trapetsiyasimon va 
to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklarga qin hosil qiladi.
2. Kekirdak oldi plastinkasi o‘mrov suyagi va to‘sh suyagi das-
tasining orqa yuzasi bilan til osti suyagi o‘rtasida tortilgan. U yon 
tomondan kurak-til osti mushagiga birikkan bo‘lib, bu mushak 
qisqargan vaqtda taranglashib bo‘yin venalaridan qonni oqishini 
yaxshilaydi. Bu plastinka til osti suyagidan pastda joylashgan mu-
shaklarga qin hosil qiladi.
3. Umurtqa oldi plastinkasi halqumning orqasida joylashib, 
umurt qa oldi va narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi. 


166
Bo‘yin topografiyasi
Bo‘yin yuqoridan pastki jag‘, tashqi eshituv yo‘lagi, so‘rg‘ich-
simon o‘simta; pastdan to‘sh suyagining bo‘yinturuq o‘ymasi, 
o‘mrov suyagi, akromion; orqa tomondan trapetsiyasimon mu-
shakning lateral chekkasi bilan chegaralanadi.
To‘sh-
о
‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak bo‘yinni uch sohaga: 
To‘sh-
о
‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak sohasi, lateral va medial 
b
о
‘yin uch burchaklariga (89-rasm) ajratadi.
Bo‘yinning lateral uchburchagi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon 
mu shakning orqasida joylashib, old tomondan shu mushak bi-
lan past dan o‘mrov suyagi, orqadan trapetsiyasimon mushak bi-
lan chegaralangan.
Bo‘yinning medial uchburchagi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon 
mu shakning oldida joylashib orqa tomondan shu mu shak bilan 
yuqo ridan pastki jag‘ va old to mondan bo‘yinning o‘rta chizig‘i bi-
lan chegaralanadi. Kurak-til osti mushagi pastdan yuqoriga yo‘na-
lib, bo‘yinning ikkala uchburchagini yana kichik uchburchaklarga 
ajratadi. Bo‘yinning lateral uch burchagi ikkiga bo‘linadi:
1. Yuqorigi kurak-trapetsiyasimon uchburchak old tomondan 
to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, pastdan kurak-til osti mu-
shagining pastki qorinchasi, orqadan trapetsiyasimon mushak ning 
tashqi chekkasi bilan chegaralangan.
2. Pastki kurak-o‘mrov uchburchagi
 
old tomondan to‘sh-o‘mrov-
so‘r g‘ichsimon mushak, yuqoridan kurak-til osti mushagi, pastdan 
o‘mrov suyagi bilan chegaralangan.
Bo‘yinning medial uchburchagi uchga 
bo‘linadi:
l. Uyqu uchburchagi
 
orqadan to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu shak, yuqori-
dan ikki qorinchali mushakni orqa qo-
rinchasi, old va pastdan kurak-til os-
ti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan 
chegaralangan.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin