Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 Kurak-til osti mushagi
(m. omohyoideus)
 
o‘zaro oraliq pay 
bilan bo‘lingan ikki: pastki va ustki qorinchalardan iborat. Past-
ki qorinchasi
 
kurakning ustki qirrasini kurak kemtigidan ichka-
riroqda bosh lanib, yuqoriga va oldinga qiya ko‘tariladi. To‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasida oraliq payga 
o‘tadi. Oraliq paydan boshlangan ustki qorinchasi til osti suyagi 
tanasining pastki chekkasiga birikadi.
2. 
To‘sh-til osti mushagi
(m. sternohyoideus)
 
to‘sh suyagi 
dastasining orqa yuzasidan, o‘mrov suyagining to‘shga qaragan 
uchi va orqa to‘sh o‘mrov boylamidan boshlanib, til osti suyagi-
ning pastki chekkasiga birikadi.
3. 
To‘sh-qalqonsimon mushagi
(m. sternothyroideus)
 
to‘sh 
suyagi dastasining orqa yuzasidan va I qovurg‘a tog‘ayidan bosh-
lanib, hiqildoq qalqonsimon tog‘ayining qiyshiq chizig‘iga biri-
kadi.
4. 
Qalqonsimon-til osti mushagi 
(m. thyrohyoideus) qalqon-
simon tog‘ay qiyshiq chizig‘idan boshlanib, til osti suyagi tanasi 
va katta shoxiga birikadi.
Faoliyati: til osti suyagining ostidagi mushaklar til osti suyagi 
va hiqildoqni pastga tortadi.
Bo‘yinning chuqur guruh mushaklari lateral va medial guruh-
larga bo‘linadi. Lateral guruhga: umurtqa pog‘onasining yon to-
monida joylashgan oldingi, o‘rta va orqa narvonsimon mushaklar 
(88-rasm) kiradi.
1. 
Oldingi narvonsimon mushak
(m. scalenus anterior)
 
III–IV 
bo‘ yin umurtqalari ko‘ndalang o‘siqchasining oldingi do‘mboq-
chasidan bosh lanib, I qovurg‘aning oldingi narvonsimon mu-
shak do‘mboq chasiga birikadi.
2. 
O‘rta narvonsimon mushak
(m. scalenus medius)
 
II

VII 
bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchasidan boshlanib, I 
qovurg‘aning o‘mrov osti arteriyasi egati orqasiga birikadi.
3. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin