Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Chov kanali
Chov kanali
(canalis inguinalis)
 
chov boylamining medial 
yarmi ustida, qorin serbar mushaklarining orasida qiya joylash-
gan tirqish bo‘lib, undan erkaklarda urug‘ tizimchasi, ayollarda 
bachadonning yumaloq boylami o‘tadi. Chov kanalining uzun-
ligi 4–5 sm bo‘ladi. Uning chuqur va yuza halqachalari tafovut 
qilinadi. Yuza chov halqachasi qov suyagining ustida joylashgan 
bo‘lib, uni yuqori tomondan chov boylamining medial oyoqcha-
si

pastdan lateral oyoqchasi chegaralaydi. Yuza chov halqachani 
lateral tomondan medial va lateral oyoqchalar o‘rtasida tortilgan 
oyoqchalar orasidagi tolalar va medial tomondan lateral oyoq-
chaning tolalaridan hosil bo‘lgan bukilgan boylam chegaralaydi.
Chuqur chov halqachasi
 
qorin bo‘shlig‘i tomonidan ko‘nda-
lang fassiyadagi lateral chov chuqurchasi sohasida joylashgan vo-
ronkasimon botiqlikdan iborat. Chov kanalidan o‘tayotgan a’zo-
larga nisbatan uning to‘rt ta devori tafovut qilinadi. Chov kanali-
ning oldingi devorini qorin tash qi qiyshiq mushagining aponev-
rozi, orqa devorini ko‘ndalang fassiya, ustki devorini qorinning 
ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklarining pastki chekkalari, 
pastki devorini chov boylami hosil qiladi.
Bo‘yin mushaklari va fassiyalari
Bo‘yin mushaklari kelib chiqishi va faoliyati turli xil bo‘lga-
ni uchun murakkab tuzilishga va topografiyaga ega. Topogra-
fiya nuqtayi nazaridan bo‘yin mushaklari uch guruhga: yuza qa-


161
vat, o‘rta guruh va chuqur qavat mushaklariga bo‘linadi (87-, 88-
rasm). Bo‘yining yuza mushaklariga bo‘yinning teri osti mushagi 
va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak kiradi.
1. 
Bo‘yinning teri osti mushagi
(m. platysma) yupqa, yassi 
mu shak bo‘lib, bevosita bo‘yin terisi ostida yotadi. Bu mushak 
ko‘krak fassiyasining yuza qatlamidan boshlanadi. Yuqoriga va 
medial tomonga yo‘nalib, pastki jag‘ qirg‘og‘iga birikadi.
Faoliyati: bo‘yin terisini taranglab, yuza venalardan qon 
oqishini yaxshilaydi, og‘iz burchagini pastga tortadi. 
2. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin