Anatomiya 2014. indd


Qorin mushaklari va fassiyalari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qorin mushaklari va fassiyalari
Qorin
 
tananing ko‘krak bilan chanoq o‘rtasida joylashgan qis-
mi bo‘lib, bu yerdagi mushaklar qorin devorini hosil qilib qorin 
bo‘sh lig‘ini chegaralaydi. Qorin mushaklari (85-rasm) topografiya 
nuqtayi nazaridan uch guruhga: qorinning oldingi, yon va orqa 
devori mu shaklariga bo‘linadi. 
Qorinning yon devorida uch qavat serbar mushaklar joy lash-
gan bo‘lib, ular: qorinning tashqi qiyshiq mushagi, qorinning ich-
ki qiyshiq mushagi va qorinning ko‘ndalang mushagidir. Bu mu-
shaklarning oldingi qismlari serbar pay – aponevroz hosil qilib, 
qorinning to‘g‘ri mushagini old va orqa tomonidan o‘tib unga 
aponevrotik qin hosil qiladi. So‘ngra bu aponevrozlar oldingi o‘rta 
chiziqda o‘zaro birikib qorinning oq chizig‘ini hosil qiladi.


157
85-rasm. Tana mushaklari.
Old tomoni:
1–trapetsiyasimon mushak;
2–ko‘krak fassiyasi; 3–deltasimon 
mushak; 4–oldingi tishchali mushak; 
5–yelkaning ikki boshli mushagi;
6, 13–qorinning to‘g‘ri mushagi;
7–mushak qorinchalari orasida-
gi paylar; 8–oq chiziq; 9–piramida-
simon mushak; 10, 11–urug‘ tizim-
chasi; 12–son venasi; 14–qorin-
ning ichki qiyshiq mushagi; 15–qorin 
to‘g‘ri mushagining qini (oldingi
plastinka); 16–qovurg‘alararo tash qi
mushaklar; 17–ichki qovurg‘alararo 
mushaklar; 18–katta ko‘krak mushagi.
1. 
Qorinning tashqi qiyshiq mushagi
(m. obliquus externus ab-
dominis)
 
eng yuza va keng mushak bo‘lib, pastki sakkizta qo-
vurg‘adan alohida yirik tishchalar bilan boshlanadi. Ularning 
besh ta yuqoridagisi oldingi tishsimon mushak, pastki uchtasi esa 
orqaning serbar mushagi tishlari bilan chatishib boshlanadi. Mu-
shakning yuqori qismi tolalari gorizontal yo‘nalib, keng aponev-
roz hosil qiladi, qarama-qarshi mushak aponevrozi bilan birikib, 
qorinning oq chizig‘ini hosil qiladi. Uning pastki qismi tolala-
ri yuqoridan pastga va medial tomonga qiyshiq yo‘nalib, yonbosh 
suyagi qirrasining tashqi labiga va qov bo‘rtig‘iga birikadi. Apo-
nevrozning yonbosh suyagining oldingi ustki o‘tkir o‘sig‘i bilan 
qov do‘mbog‘i o‘rtasida tortilgan pastki chekkasi tarnov shaklida 
bo‘lib, chov boylamini

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin