155
to‘sh suyagi tanasining pastki qismi va xanjarsimon o‘siqchadan
boshla nadi. Lateral va yuqoriga yelpig‘ichsimon
tarqalib, alohida
tishchalar bilan II–VI qovurg‘alar tog‘ayiga birikadi.
Faoliyati: qovurg‘alarni tushirib nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Diafragma
(
diaphragma)
yassi, yupqa harakatchan mushak-
pay to‘siq bo‘lib (84-rasm), ko‘krak va qorin bo‘shliqlari o‘rta-
sida yuqoriga ko‘tarilgan gumbaz shaklida joylashgan.
Diafragma
asosiy nafas mushagi bo‘lib, ko‘krak qafasining pastki teshigini
o‘ragan suyaklardan boshlanadi. Uning boshlanish sohasiga qarab
uch: bel, qovurg‘a va to‘sh qismlari tafovut qiladi.
Mushak tola-
lari tashqaridan o‘rtaga qarab radiar yo‘nalib, pay markazni
hosil
qiladi. Diafragmaning bel qismi bel umurtqalarining oldingi yuza-
sidan o‘ng
va chap oyoqchalar
bilan boshlanadi. Yuqori tomonda
oyoqchalar o‘zaro birikib, aorta o‘tadigan teshikni
hosil qiladi. U
orqali aorta va ko‘krak limfa yo‘li o‘tadi.
Aorta teshigining cheti
fibroz halqa bilan o‘ralgan bo‘lib, diafragma qisqarganida aortani
siqilishdan saqlaydi. Bu teshikdan yuqo riroq va chapda diafragma
oyoqchalarining mushak tolalari yana kengayib qizilo‘ngach va
adashgan nerv o‘tadigan teshikni hosil qiladi. O‘ng
va chap dia-
fragma oyoqchalarining mushak tolalari o‘rtasidan simpatik poya,
katta va kichik ichki a’zolar nervi, o‘ng tomondan toq va chap to-
mondan yarim toq venalar o‘tadi.
Diafragmaning qovurg‘a qismi pastki oltita qovurg‘alarning
ichki yuzasidan alohida mushak tolalari bo‘lib boshlanadi. Har
ikki tomonda diafragmani bel va qovurg‘a qismlari o‘rtasida mu-
shak tolalari bo‘lmagan bel-qovurg‘a
uchburchagi
bo‘ladi. Bu so-
hani yuqori tomondan plev ra, pastdan
esa qorinparda va fassiya-
lar qoplagan bo‘lib, unda diafragma churrasi hosil bo‘lishi mum-
kin.
Dostları ilə paylaş: