1. Katta ko‘krak mushagi (m. pectoralis major)
katta, yelpig‘ich-
simon shaklda bo‘lib, ko‘krak qafasining oldingi devorini yuqo-
ri qismini egallaydi. U o‘m rov suyagining ichki yarmidan,
to‘sh
suya gi ning oldingi yuzasi va II–VII qovurg‘alar tog‘ayidan,
qorin
to‘g‘ri mu shagi qinining oldingi devoridan
boshlanadi. Mu shak to-
lalari tash qi tomonga yo‘nalib, yelka suyagi katta do‘mboqcha qir-
rasiga birikadi. Faoliyati: ko‘tarilgan qo‘lni tushirib tanaga yaqin-
lashtiradi va ichkariga buradi.
Agar qo‘l
qimirlamay tursa, qovurg‘alarni ko‘tarib
nafas olishda ishtirok etadi.
2. Kichik ko‘krak mushagi (m.pec-
toralis minor)
uchburchak shak
lidagi
yassi mushak. Katta ko‘krak mushagi-
ning orqasida yotadi, II–V qovurg‘alar-
ning oldingi uchiga yaqin joydan bosh-
lanadi. Yuqoriga va lateral yo‘nalib, qis-
qa pay bilan kurakning tumshuqsimon
o‘simtasiga birikadi.
Faoliyati: kurakni oldinga va pastga
tortadi, agar qo‘l qimirlamay tursa, qo-
vurg‘alarni ko‘tarib, nafas olishda ish-
tirok etadi.
3. O‘mrov osti mushagi (m. subcla-
vius)
I qovurg‘a tog‘ayidan boshlanadi
va lateral yo‘nalib, o‘mrov suyagining
akromion uchi pastki yuzasiga birikadi.
Bu mushak o‘mrov suyagi bilan I qo-
vurg‘a oralig‘ida joylashadi.
Faoliyati: o‘mrov suyagini pastga va
ichki tarafga tortadi, to‘sh-o‘mrov bo‘g‘i-
mini mustahkamlaydi.
83-rasm. Ko‘krak va qorin mu shaklari: 1–qovurg‘alararo tashqi
mushaklar; 2–qovurg‘alararo
ichki mushaklar; 3–qorin-
ning to‘g‘ri mushagi;
4–qorinning ko‘ndalang
mushagi; 5–oq chiziq;
6–kichik ko‘krak mushagi.