151
chi yonbosh-qovurg‘a, oraliq – ko‘ndalang o‘siqchalarga biri-
kuvchi eng uzun va medial – o‘tkir qirrali o‘siqchalarga birikuv-
chi o‘tkir qirrali mushaklarga bo‘linadi.
Yonbosh-qovurg‘a mushagi
(m. iliocostalis)
qismlarining joyla-
shish sohasiga qarab uchga bo‘linadi. Belning yonbosh-qovurg‘a
mu shagi pastki oltita qovurg‘aning burchagiga birikadi. Ko‘krak-
ning yonbosh-qovurg‘a mushagi pastki oltita qovurg‘aning
oldingi
mu shak birikkan joyidan ichkariroqda boshlanib, yuqoridagi olti-
ta qovurg‘aning burchagiga va VII bo‘yin umurtqasining ko‘nda-
lang o‘siq chasining orqa yuzasiga birikadi. Bo‘yinning yonbosh-
qovurg‘a mu shagi III–VI
qovurg‘a burchagining oldingi mushak
birikkan joyidan ichkarida boshlanib, IV–VI bo‘yin
umurtqasi-
ning ko‘ndalang o‘siqchasini orqa do‘mboqchasiga birikadi.
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini yozadi, qovurg‘alarni pastga
tushiradi. Bir tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasini o‘sha to-
monga bukadi.
Eng uzun mushak
(m. longissimus)
umurtqa pog‘onasini tiklay-
digan mushakning o‘rta qismini tashkil qilib, uch qismga bo‘lina-
di: ko‘krakning eng uzun mushagi pastki to‘qqizta qovurg‘aning
burchagi va do‘mboqchasi oralig‘iga, barcha ko‘krak
umurtqa-
larining ko‘ndalang o‘siqchasi uchiga birikadi. Bo‘yinning eng
uzun mu shagi
beshta yuqorigi ko‘krak umurtqalarining ko‘nda-
lang o‘siq chasi uchidan boshlanib, VI–II bo‘yin umurt qasining
ko‘ndalang o‘siqchasi orqa do‘mboqchasiga birikadi.
Boshning
eng uzun mushagi
Dostları ilə paylaş: