Tana mushaklari va fassiyalari Tana mushaklari tananing orqa tomondagi mushaklari, ko‘krak
va qorin mushaklariga bo‘linadi.
148
Tananing orqa tomonidagi mushaklari va fassiyalari Tananing orqa tomonidagi mushaklari juft bo‘lib, tananing or-
qa yuzasida dumg‘aza va yonbosh suyaklari qirrasidan kalla asosi-
gacha bo‘lgan sohani egallaydi. Ular birnecha qavat bo‘lib joyla-
shadi. Orqa mushaklari yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi.
Tananing orqa tomonidagi mushaklarning yuza guruhi yel-
ka kamari va yelka suyagiga birikib (81-rasm), bir nechta qa-
vat bo‘lib joylashadi. Ularga trapetsiyasimon mushak, orqaning
serbar mushagi, katta va kichik rombsimon mushaklar, kurakni
ko‘taruvchi mushak, orqaning yuqorigi va pastki tishli mushakla-
ri kiradi.
1. Trapetsiyasimon mushak (m. trapezius)
uchburchak shakli-
dagi yassi mushak bo‘lib, keng asosi o‘rta chiziqqa qaragan bo‘la-
di. U orqa ning yuqori va bo‘yinning orqa sohasini qoplab, o‘ng
va chap mushak birgalikda trapetsiya shakliga o‘xshaydi. U ensa
suyagining tashqi do‘ngligi, ensaning yuqori bo‘yin chizig‘ining
medial qismidan, ensa boylami,
VII bo‘yin umurtqasi, barcha
ko‘krak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqchalari va o‘tkir qirra-
li o‘siqchalar usti boylamidan boshlanib, o‘mrov suyagining akro-
mian uchi, acromion va kurakning o‘tkir qirrasiga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, kurakni bir-biriga yaqinlash-
tiradi. Yuqori tutamlari qisqarsa, kurak yuqoriga ko‘tarilib pastki
81-rasm. Orqaning yuza mushaklari: 1–trapetsiyasimon mushak; 2–kurakning
o‘tkir qirrasi; 3–deltasimon mushak;
4–kurak qirrasi ustidagi mushak;
5–kichik yumaloq mushak; 6–katta
yumaloq mushak; 7–katta rombsimon
mushak; 8–orqaning serbar mushagi;
9–bel uchburchagi; 10–qorinning ichki
qiyshiq mushagi; 11–yonbosh suyagining
qirrasi; 12–o‘rta dumba mushagi; 13–katta
dumba mushagi; 14–bel-ko‘krak fassiyasi;
15–XII ko‘krak umurtqasining o‘tkir qirrali
o‘siqchasi; 16–yelkaning uch boshli
mushagi; 17–to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon
mu shak; 18–boshning tasmasimon
mushagi.
149
burchagi oldinga va tashqariga suriladi, pastki tutamlari qisqarsa,
kurakni pastga tomon tortadi.