Mushaklarning ishi Skelet mushaklari nerv impulslari ta’sirida qisqarganida ular-
ning harakatlanuvchi nuqtasi, qotirilgan uchiga yaqinlashadi va
ma’lum bir ishni bajaradi. Buning natijasida gavdaning ma’lum bir
qismi harakatga keladi. Mushaklar bo‘g‘imlarga ta’sir qilib, suyak
richaglarining holatini o‘zgartiradi. Bunda mushaklar bo‘g‘imlar-
ga ma’lum bir yo‘nalishda ta’sir qiladi. Agar bir nechta mushaklar
bo‘g‘imga bir xil ta’sir qilsa sinergist mu shaklar,
qarama-qarshi
ta’sir qilsa antogonist mushaklar
deb ataladi. Mu shaklar bajara-
digan ishning kuchi ularning ko‘ndalang kesimiga bog‘liq. Anato-
mik ko‘ndalang kesim mu shak qorinchasini ko‘ndalang kesganda
hosil bo‘lgan maydon yuzasi bo‘lib, uning qalinligining ko‘rsat-
kichidir. Fizologik ko‘ndalang kesim barcha mushak tolalarining
ko‘ndalang kesimi yuzalarining yig‘indisidan iborat bo‘lib, mu-
shak kuchining ko‘rsat kichidir. Duksimon va tasmasimon mu-
shaklarning anatomik va fiziologik ko‘ndalang kesimlari bir xil
bo‘ladi. Patli mushaklarning fiziologik ko‘ndalang kesimi duksi-
mon mushaklarga nisbatan katta bo‘lgani uchun ularning kuchi
katta bo‘ladi. Mushaklar qisqarganda bo‘g‘imlar vositasida birik-
kan suyaklar richag vazifasini bajaradi. Biomexanikada ikki tur
richag farq qilib, birinchi tur richag ikki yelkali bo‘lib, muvoza-
nat richagi deyiladi. Bunda tayanch nuqtasi kuch qo‘yiladigan va
qarshilik nuqtalari o‘rtasida turadi. Bunga misol qilib I umurtqa
va ensa suyagi o‘rtasidagi bo‘g‘imni ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchi tur richag bir yelkali bo‘lib, ikki turda uchraydi. Bi-
rinchi turi kuch richagi deyilib, bunda qarshilik tayanch nuqtasi
bilan kuch qo‘yiladigan nuqta o‘rtasida bo‘ladi. Bunga misol qi-
lib oyoq panjasi suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imni keltirish mumkin.
Ikkinchi turi tezlik richagi. Bunda kuch qo‘yiladigan nuqta yel-
kasi qarshilik yelkasidan qisqa bo‘ladi. Bunga misol qilib tirsak
bo‘g‘imini olganimizda ozgina yukni ko‘tarish uchun katta kuch
sarf qilinib tezlikdan yutiladi.