Takrorlanuvchi sikl operatorlari O’z nomi bilan ma’lum bo’lib turibdi takrorlanuvchi ya’ni qandaydir jarayonni qayta va qayta takrorlanishidir. Yerning quyosh atrofida aylanishi yil fasllarning almashinishi va h.k.larni misol qilib keltirish mumkin. Takrorlanuvchi ish harakatlar qandaydir shartlar asosida bajariladi. Ularning boshlang’ich, oxirgi nuqtalari va bajarilish davriyligi mavjud bo’ladi. Misol uchun, yerning quyosh atrofida aylanishini olsak, boshlang’ich nuqta 1-kun ya’ni 1-yanvar oxirgi nuqta 365-kun bu esa 31-dekabr takrorlanishi 1 kunga teng. Atrofimizda bunga o’xshash takrorlanvchi ish harakatlar shunchalik ko’pki ularni sanab tugata olmaymiz. Misol tariqasida kundalik hayotimizda doimiy sodir bo’ladigan bir jarayoni tahlil qilib, uning java da dasturiy ko’rinishi qanday bo’lishini ko’rib chiqsak.
Misol: Tasavvur qiling ovqat tayyorlash uchun 10 ta kartoshkani tozalashga oldik. Qo’limizda 10 ta kartoshka bor ularni tozalash uchun birinchi kartoshkadan boshlab 10-kartoshkagacha tozalamaguncha xar bir kartoshkani birma-bir tozalab chiqamiz. O’z-o’zidan ko’rinib turibdi kartoshka tozalash jarayoni ketma-ket sodir bo’lyapti(bu jarayon siklga misol bo’la oladi)
Tozalangan kartoshkalar o’sib borish qiymati 1 ga teng (chunki ikki yoki undan oshiq kartoshkani bir vaqtda tozalab bo’lmaydi odatda)