dastur tuzishda ko'p ishlatiladigan sikl operatori hisoblanadi. Bu operator bir yoki bir necha operatorlar guruhini qo'yilgan shart yolg'on(false) bo'lguncha bajaradi. Qachonki shart rost bo'lsa, sikl o'z ishini boshlaydi va shartdagi qiymatlar sikl ichida o'zgartirib boriladi.
Sintaksis quyidagicha:while (shart) {// operatorlar bloke }
Shart har doim mantiqiy qiymat qabul qiladi: rost(true) yoki yolg'on(false). Blok ichiga istalgancha operatorlar yozish mumkin, yoki umuman yozmaslik ham mumkin.
«While» operatorida avval shart tekshirilib keyin amal bajariladi.
«While» operatoridan raqamlar ketma-ketligi doimiy bo'lmagan hollarda ishlatiladi.
«While» operatori takrorlanish davri har xil bo'lgan sikllar ustida ammalar bajarishda qo'l keladi.
Tasavvur qiling, siz bozordan 3kg pomidor xarid qilyapsiz, sotuvchi tarozida turgan idishga pomidor solyapti bir safar 2ta bir safar 3ta qo'liga siqqanicha olib idishga solyapti. Sotuvchining idishga pomidor solishi doimiy takrorlanyapti, lekin miqdori har safar har xil, bu jarayon pomidorlar 3 kg bo'lgunicha davom etadi. Endi bu jarayonni tahlil qilib chiqsak
Idishdagi boshlang'ich pomidor miqdori 0 kg
Chegaraviy miqdor 3 kg
Ortib borish miqdori har safar har xil
Sotuvchining miyyasidagi jarayonlarni dasturiy ko'rinishini qanday bo`lishini ko'rsak:
Sotuvchi xaridordan necha kg pomidor olishini so`rab chegaraviy miqdorni aniqlaydi;
Idishni taroziga qo`yib boshlang`ich miqdor (massa=0) 0 deb oladi;
Idishga pomidor solishi bilan miqdorni hisoblab boradi;
Agar massa 3 kg dan oshib ketsa, ortiqcha pomidorlarni olib tashlaydi.