Yana biz break yoki continue dan ham foydalanamiz
Break operatori. Bu operator bilan, «switch» haqidagi maqolada biroz tanishgan edik. U yerda bu operator, operatorlar ketma-ketligini tugatish uchun ishlatilgan edi. «Break» operatori dasturda, sikldan chiqish va «shartsiz o‘tish» operatori kabi vazifalarni ham bajaradi. Keling ikkala holni ham ko‘rib chiqaylik, dastlab bu operator orqali qanday qilib sikldan chiqish mumkinligini ko‘rsatamiz.
Oldingi maqolalardan ma’lumki, sikl shartga bog‘liq holda operator yoki operatorlar guruhini ishlatib turadi. Qachonki shart yolg‘on bo‘lsa, sikl o‘z ishini tugatadi va sikldan keyingi operatorlar ishlashni boshlaydi. «Break» operatori sikl shartiga qaramasdan, siklni tugatadi, hattoki, sikl sharti rost qiymat qabul qilayotgan bo‘lsa ham.
class Test {
publicstaticvoid main(String args[]){
for(int i=0; i<100; i++){
System.out.println("Son"+i);
if (i==10) break; }
System.out.println("Sikl tugadi");
}
}
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, sikl yordamida 100 ta qiymat ekranga chiqarilishi lozim (i<100, 0 dan 99 gacha), lekin bu jarayon oxirigacha bajarilmaydi, chunki «break» operatori mavjud (5-qatorda). Bu operator «if» operatori bilan birga kelgan. Demak, shart qo‘yilgan, agar «i» o‘zgaruvchi qiymati «10» ga teng bo‘lsa, «break» operatori ishga tushadi, ya’ni siklni tugatib dasturdan chiqib ketiladi.
«Continue» operatori. Bu operator, ishlayotgan sikl qadamini tashlab ketib, navbatdagi qiymat bilan siklni boshidan boshlab davom ettiradi. Sikl tanasida ishlatilgan «continue» operatori, o‘zidan keyin kelgan operatorlarni ishlatmaydi. Tub sonlarni chiqarib beruvchi dastur ko’rib chiqaylik.