4. Oldingi tishchali mushak (m. serratus anterior) keng
to‘rtburchak shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasini yon tomonida yota-
di. U 8–9 ta tishcha bilan yuqorigi qovurg‘alardan boshlanadi va
kurakning ichki chekkasiga hamda ostki burchagiga birikadi.
Faoliyati: kurakning ostki burchagini oldinga va lateral to-
monga tortib, kurakning lateral burchagini yuqoriga hamda ichki
tomonga yo‘naltirib, qo‘lni gorizontal holatdan yuqoriga ko‘ta-
radi. Kurak qimirlamay turganida qovurg‘alarni ko‘tarib ko‘krak
qafasini kengaytiradi va nafas olishda ishtirok etadi.
Ko‘krak qafasining xususiy (autoxton) mushaklariga tashqi va
ichki qovurg‘alararo, qovurg‘alar ostidagi va ko‘krakning ko‘nda-
lang mu shaklari kiradi.
1.
Tashqi qovurg‘alararo mushaklar (mm. intercostales ex-
terni) har tomonda o‘n bittadan bo‘lib, ustki qovurg‘aning past-
ki chekkasining qovurg‘a egati tashqarisidan boshlanadi. Tolala-
ri pastga va oldinga yo‘nalib, pastki qovurg‘aning yuqorigi chek-
kasiga birikadi. Bu mu shaklar qovurg‘a do‘mboqchasidan to qo-
vurg‘a tog‘ayigacha bo‘lgan sohada qovurg‘alarning suyak qis-
mi oralig‘ida joylashadi. Qovurg‘aning tog‘ay qismi oralig‘ini esa
tashqi qovurg‘alararo parda
qoplab turadi.
Faoliyati: qovurg‘alarni ko‘tarib, nafas olishda ishtirok etadi.
2.
Ichki qovurg‘alararo mushaklar (mm. intercostales interni)
tash qi mushakdan ichkarida joylashib, pastki qovurg‘aning yuqo-
ri chek kasidan boshlanib, ustki qovurg‘aning pastki chekkasiga,
qovur g‘a egatidan ichkariga birikadi. Mushak tolalari pastdan
yuqo riga va ichki tomon yo‘nalib, qovurg‘aning oldingi uchi bilan
burchagi o‘rtasida joyla shadi. Qovurg‘alar burchagidan to boshi-
gacha bo‘lgan oraliqni ichki qovurg‘alararo parda
qoplaydi.
Faoliyati: qovurg‘alarni tushiradi va nafas chiqarishda ishtirok
etadi.
3.