Anatomiya 2014. indd


mushak tolalaridan iborat. Uning ikki uchi payga o‘tib  suyaklarga birikadi. Mushak payi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
mushak tolalaridan iborat. Uning ikki uchi payga o‘tib 
suyaklarga birikadi. Mushak payi
 
zich biriktiruvchi to‘qimadan 
iborat, yaltiroq kumushrang bo‘ladi. Paylarda modda almashi-
nuvi kam bo‘lgani uchun ularda qon tomirlar kam bo‘ladi. Pay-
larning bittasi yuqori qismida bo‘lib, mu shak boshchasi deyila-
di (78- a rasm). Uning yordamida mushak suyakdan bosh lanadi. 
Pastki uchi dum
 
deyilib, uning yordamida mushak suyakka biri-
kadi. Paylar kollagen tolalardan iborat bo‘lib, juda pishiq bo‘la-
di. Masalan, axill payi 400 kg yukni ko‘tara olsa, sonning to‘rt 
bosh li mushagining payi 600 kg yukni ko‘tara oladi. Barcha mu-
shaklarning payi bir xil emas. Uzun mushaklarning paylari in-
gichka tasma shaklida bo‘lsa, tanada joylashgan keng mushaklar-
ning paylari keng va yassi bo‘lib aponevroz
 
deyiladi. Ba’zi mu-
shaklarda ikkita qorincha orasida joylashgan oraliq paylar (78- g 
rasm) ham uchraydi (ikki qorinchali mushak).
 
Agar mushak bir 
nechta miotomlardan taroqqiy etgan bo‘lsa, ular o‘rtasida mu-
shak qorinchalari orasidagi paylar (78- f rasm) hosil bo‘ladi (qo-
rinning to‘g‘ri mushagi).
Mushak qisqargan vaqtda uning bir uchi harakatsiz bo‘lib, 
harakatsiz nuqta
 
deyiladi. Bu nuqta asosan mushakning boshla-
nish qismida bo‘ladi. Harakatli nuqta
 
mushak birikkan ikkinchi 
suyakda bo‘lib, mu shak qisqargan vaqtda u o‘z holatini o‘zgar-
tiradi.
Skelet mushaklari shakl jihatidan uch xil: uzun, kalta va keng 
bo‘ladi. Uzun mushaklar duksimon
 
tuzilishga ega bo‘lib, ular qo‘l 
va oyoqlarda richag vazifasini bajaradilar.
 
Keng mushaklarga esa 
tana mushaklari kiradi.
78-rasm. Skelet mushaklarining shakllari:
А
–duksimon; 1–boshcha; 2–qorin-
cha; 3–dum; B–bir patli; 1–qorin-
cha; 2–dum; D–ikki patli; 1–qorin-
cha; 2–dum; E–ikki boshli mushak; 
1–boshcha; 2–qorincha; 3–dum;
F–lentasimon; 1–mushak qorinchala-
ri orasidagi paylar; G–ikki qorinchali 
mushak; 1–qorincha; 2–oraliq payi; 3–qorincha; H–aylanma mushak.


143
Duksimon mushaklarning tolalari mushakning uzun o‘qiga pa-
rallel joylashgan bo‘ladi. Ba’zi bir mushaklar bir nechta bosh bilan 
har xil suyaklardan boshlanadi. Bu esa ularning tayanchini oshi-
radi. Boshchasiga qarab ikki boshli (78- e rasm),

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin