Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Og‘iz bo‘shlig‘i
(cavitas oris). Uning ustki devorini suyak 
(qattiq) tanglay hosil qiladi. Qattiq tanglay o‘zaro o‘rta chiziqda 
chok lar vositasida birikkan o‘ng va chap ustki jag‘ suyagi tanglay 
o‘sim tasi hamda tang lay suyagi gorizontal plastinkasidan iborat. 
Old va yon tomondan ustki jag‘ suyagi alveolyar o‘sig‘i bilan che-
garalanadi. Suyak tanglay og‘iz bo‘shlig‘ining yuqorigi devorini 
hosil qilib, pastki yuzasi bukilgan. Uning o‘rtasidan o‘rta tanglay 
choki
 
o‘tgan bo‘lib, oldingi uchida kurak tishlari orasidagi kanal
 
75-rasm. Burun bo‘shlig‘ining lateral devori:
1–yuqorigi burun yo‘li; 2–burunning
yuqori chig‘anog‘i; 3–ponasimon suyak 
bo‘shlig‘i; 4–turk egari; 5–burunning 
o‘rta chig‘anog‘i; 6–ponasimon-tang-
lay teshigi; 7–o‘rta burun yo‘li;
8–burunning pastki chig‘anog‘i; 
9–tang lay suyagining perpendikulyar 
plastinkasi; 10–ostki burun yo‘li;
11–tanglay suyagining gorizontal plas-
tinkasi; 12–ustki jag‘ning tanglay o‘sig‘i; 
13–ustki jag‘ bo‘shlig‘ning yorig‘i; 14–ko‘z 
yoshi suyagi; 15–ustki jag‘ suyagining peshona 
o‘sig‘i; 16–burun suyagi; 17–peshona bo‘shlig‘i.


139
joy lashgan. Ustki jag‘ suyagi tanglay o‘sig‘ining orqa chekkasi-
ni tang lay suyagi gorizontal plastinkasi birikkan joyda ko‘ndalang 
tang lay choki bor.
Kallaning yon qismida chakka, chakka osti va qanot-tanglay 
chuqurchalarini ko‘rish mumkin.
Chakka chuqurchasi 
orqa va yuqoridan chakkaning pastki chizig‘i, 
pastdan chakka osti qirrasi va yonoq ravog‘ining oldingi chekkasi
oldindan yonoq suyagi bilan chegaralanadi. Bu chuqurchani chakka 
mushagi to‘ldirib turadi. 
Chakka osti chuqurchasining 
ustki devorini chakka suyagi va 
ponasimon suyakning katta qanoti, medial devorini qanotsimon 
o‘simtaning lateral plastinkasi hosil qiladi. Uning oldingi devori 
ustki jag‘ suyagi do‘mboqchasi va yonoq suyagidan hosil bo‘lgan. 
Chakka osti chuqurchasi old tomondan ko‘z kosasining ostki yori-
g‘i orqali ko‘z kosasiga, ichki tomondan qanotsimon-ustki jag‘ 
yorig‘i

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin